Линклар

Turkiya Konstitutsiyaviy sudi mamlakat bosh vaziri Rejap Tayyip Erdo‘g‘on amriga zid ravishda YouTube portaliga to‘siqni olib tashlash haqida hukm chiqardi.

Sud qarorida portalga to‘siq qo‘yilishi noqonuniy bo‘lgani, fuqarolar erkinliklariga zid kelishi aytiladi. Turkiyada ikki oy avval bosh vazir Erdo‘g‘on buyrug‘i asosida YouTube portaliga to‘siq qo‘yilgandi.

Portalda Turkiya bosh vazirining kooruptsiyaga aralashgani iddao qilingan videomateriallar paydo bo‘lishi ortidan portalni to‘sish haqida qaror olingandi.

Erdo‘g‘onning o‘zi bir necha marta korruptsiyada ayblandi. Aprel oyida YouTube video tarmog‘ida go‘yoki bosh vazir va o‘g‘li Bilol yirik miqdordagi mablag‘ni qanday yashirishni muhokama qilgani to‘g‘risidagi suhbat chiqarildi.
XS
SM
MD
LG