Линклар

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8 sentabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi ma‘lum qildi.

Milliy terma jamoa avgust, sentabr va oktyabr oylarida ham bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirgan. Murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari 20 avgust kuni Boku shahrida Ozarbayjon milliy terma jamoasi mehmoni bo‘lib, 3 sentabr kuni Toshkentda Iordaniya termasiga mezbonlik qiladi.

Shuningdek, milliy terma jamoa 6 oktabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi, 10 va 14 oktabr kunlari Dubayda Bahrayn va BAA terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Eslatamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27 va 29 may kunlari Olmaliq va Toshkentda Ummon terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazgan edi. Ikkala o‘yin ham 0:1 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlangan edi.

FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalarning may oygi jahon reytingida O‘zbekiston 6 pog'ona pastlab, 59-o‘ringa tushib ketdi. Bu esa milliy terma jamoaning Osiyo reytingida ham bir o'rin pastlab, 4-o'rindan joy olishiga sabab bo'ldi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG