Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:34

Rus Pravoslav cherkovi Injilni o‘zbek tilida ommaviy chop etmoqchi


Rossiya Pravoslav cherkovi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun o‘zbek tilida Injil kitobini chop etish rejalarini e‘lon qildi.

Moskvadagi Yeparxiya kengashi qoshidagi missionerlik komissiyasining 5 iyunь kuni ma‘lum qilishicha, Injilning amaldagi o‘zbekcha tarjimasi Stokholmdagi Injil Tarjimasi instituti yordamida qayta ko‘rib chiqilmoqda va uni ommaviy tarzda chop etish rejalashtirilmoqda.

Missionerlik komissiyasi raisi Dmitriy Ota shu yil boshrog‘ida Rossiya hukumati Injilni Markaziy Osiyo mamlakatlari tillariga tarjima qilishni qo‘llab-quvvatlashi kerak, degan bayonot bilan chiqqan edi. Uning fikricha, injilni tarjima qilish Rossiyaga O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda kelib mehnat qilayotgan yuz minglab muhojirlarni rus jmaiyatiga integratsilashuvini rag‘batlantirishning samarali yo‘li bo‘ladi.

Missionerlik komissiyasi ikki yildan beri bu masalada Rossiya Federal migratsiya xizmati bilan ish olib boradi. Xususan Rossiya madaniyati, qonunchiligi va tarixi bo‘yicha darslar tayyorlashda cherkovning ishtirok etayotgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG