Линклар

Jizzaxdagi “NUR BEK” restoranida o‘nlab odam zaharlandi

  • Садриддин Ашур

O‘tgan oyda Jizzaxdagi "PRIM" restoranida 160 nafar xo‘randa zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan edi.

O‘tgan oyda Jizzaxdagi "PRIM" restoranida 160 nafar xo‘randa zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan edi.

Juma kuni Jizzax shahrining markazida yangi ochilgan “NUR BEK” restoranidan tamaddi qilgan o‘nlab odam zaharlandi. Jizzax viloyat tibbiyot birlashmasidan Ozodlik olgan ma‘lumotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat mobaynida kasalxonaga 30 ga yaqin bemor murojaat qilgan va shulardan 18 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Jizzax markazida joylashgan “NURBEK” restoranida 6 iyun kuni ovqatlangan xo‘randalar zaharlandi.

Jizzax viloyat tibbiyot birlashmasidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, bemorlar 6 iyun oqshomidan kasalxonaga murojaat qila boshlaganlar:

- Yaqinda shunday bir ommaviy zaharlanishni boshdan o‘tkazgan edik. Mana, oradan bir oy o‘tmasdan boshqa bir restoran xo‘randalari kecha soat 19 dan boshlab murojaat qilishni boshladi. Ba‘zi kasallar o‘zi keldi, ba‘zilarini tez yordam olib keldi. Ularning hammasiga bir xil - ovqat toksik infektsiyasi diagnozi qo‘yildi. Bemorlarning oshqozonlari yuvildi va kerakli muolajani olmoqda, - dedi jizzaxlik shifokor.

Manbaga ko‘ra, bemorlarning ahvoli o‘rtacha, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilganlar yo‘q.

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi Olimjonning aytishicha, bu restoran yaqindagina ochilgan:

- Yangi qurilib, ishga tushgan restoran bu. Bir haftacha bo‘ldi ish boshlaganiga. Bir marta borgan edik, ovqatlari normalniy edi. Yaxshiyam kecha bormagan ekanmiz, - dedi Olimjon.

Ozodlik olgan ma‘lumotga ko‘ra, “NUR BEK” restorani Jizzax shahar sanitariya epidemologiya stantsiyasi tomonidan yopib qo‘yilgan va xo‘randalarning aynan qaysi salat yoki ovqatdan zaharlangani ekspertiza qilinmoqda.

Joriy yilning 11-12 may kunlari Jizzax shahridagi PRIM restoranida ovqatlangan 160 nafar xo‘randa zaharlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG