Линклар

Xalqaro Futbol federatsiyasi - FIFA korruptsiyaga oid yangi ayblovlarda gumonlanmoqda.

Shanba kuni Britaniyada chiqadigan “Sunday Times” gazetasi FIFA 2022 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik huquqini korruptsiya evaziga Qatarga berganiga doir iddao bo‘yicha yangi ma‘lumotlarni e‘lon qildi.

“Sunday Times” yozishicha, FIFA ijrochi qo‘mitasining sobiq a‘zosi, Osiyo Futbol konfederatsiyasinig sobiq raisi Muhammad bin Hammam FIFAning Osiyo davlatlaridagi vakillari Qatarni qo‘llashi uchun 1 million 700 ming AQSh dollari sarflagan.

Britaniya nashri avvalroq ham Muhammad bin Hammam 2022 yilgi chempionat mezbonligini qo‘lga kiritish uchun FIFA rasmiylariga pora berganini iddao qiluvchi maqola chop qilgandi.

Qatar tomoni bu iddaolarni qat‘iy inkor qilib kelmoqda.

FIFA Vitse prezidenti Jim Boys korruptsiya aralashganiga doir xabarlar tasdiqlangan taqdirda, Qatardan mezbonlik huquqi olib qo‘yilishi va yangidan saylov o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

FIFA ushbu iddaolar yuzasidan tekshiruv boshladi, uning natijalari joriy yilda taqdim qilinishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG