Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:10

Abdurasul Xudoynazarov: “Sil va saratonni qamoqda orttirdim!”


Abdurasul Xudoynazarov
Abdurasul Xudoynazarov
O‘tgan oyning oxirida sakkiz yarim yillik qamoqdan chiqqan “Ezgulik” faoli Abdurasul Xudoynazarov Ozodlikka intervьyu berdi. Huquq faoli qamoqxonada chekkan azoblarini yodga olar ekan, ayni paytda qamoqda orttirgan kasalidan ahvoli og‘irlashayotganini aytdi.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining a‘zosi Abdurasul Xudoynazarov 30 may kuni Toshkentdagi 64/18-sonli jazoni o‘tash muassasasidan ozod etilib uyiga qaytganidan so‘ng, ahvoli og‘irlashdi.

Angrenlik huquq faoli Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Hamza tuman sudi ajrimiga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 75-moddasiga (og‘ir kasallikka chalingani uchun) binoan ozod qilingan.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati vakillariga ko‘ra, Onkologiya ilmiy markazida tekshiruvlardan o‘tkazilgan Abdurasul Xudoynazarovda xavfli o‘sma kasalligining 4-bosqichi, jigar, o‘pka, suyak limfa tugunlariga tarqalgan saraton kasalligi aniqlangan.

Abdurasul Xudoynazarovning Ozodlikka aytishicha, qamoqxonada u sil kasaliga chalingan. Qamoqxonadagi og‘ir sharoit va bemor tutqunlarga yetarli e‘tibor berilmagani sabab uning kasalligi saratonga aylangan.

Inson huquqi faoli Abdurasul Xudoynazarov bilan suhbatni tinglang:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:32 0:00
Бевосита линк


Eslatib o‘tamiz, Abdurasul Xudoynazarov Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi (Tovlamachilik), 168-moddasi (Firibgarlik) va 227-moddasida (Hujjatlarni soxtalashtirish) ko‘zda tutilgan ayblovlar bo‘yicha 2005 yilning 26 iyunida hibsga olingan va 2006 yilning 12 yanvar kuni 9,6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Jazo muddati tugashiga sanoqli kunlar qolganida xastaligi vajidan qo‘yib yuborilgan Xudoynazarov bir necha yildan buyon sildan aziyat chekib kelganiga qaramay, avvalgi yillarda unga nisbatan amnistiya akti qo‘llanilmagan.

Xudoynazarov Bekobod qamoqxonasidagi tahqir va qiynoqlar tufayli 2008 yil sentyabrida o‘z joniga qasd qilishga uringani va baxtli tasodif tufayli o‘lim changalidan qutulib qolgani ma‘lum.
XS
SM
MD
LG