Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:45

Qoraqalpog‘istonlik ishchi-xizmatchilar ham dalaga haydaldi


Shu kunlarda nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki mamlakatning deyarli barcha hududlarida ishchi-xizmatchilar dalaga jalb qilingan.
Shu kunlarda nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki mamlakatning deyarli barcha hududlarida ishchi-xizmatchilar dalaga jalb qilingan.
Qoraqalpog‘istondagi tibbiy muassasalar, ta‘lim maskanlari va boshqa deyarli barcha tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari yotog‘i va yemagi o‘z hisobidan bo‘lgan holda g‘o‘za chopig‘i va yaganasiga jo‘natildi. Qoraqalpog‘istondagi manbalarimizga ko‘ra, ishchilar aprel oyidan buyon navbati bilan kunlik ravishda dalada tekinga ishlab kelayotgan edi.

To‘rtko‘l tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha tibbiy muassasalarning ishchilari navbati bilan 20 kunlik dala ishlariga jalb qilindi.

“Yotarlay ketishdi. 20 kunda almashtirib turiladi. Har bir poliklinika yoki shifoxonadan 10 yoki 15 ishchi ketgan. Ular 20 kun ishlagach, o‘rniga boshqa ishchilar jo‘natiladi”, dedi To‘rtko‘l tuman tibbiyot birlashmasining ismini ochiqlamayotganimiz xodimi.
To‘rtko‘l shahridagi poliklinikalardan birida ishlovchi hamshiraning Ozodlikka aytishicha, hamkasblari 5 kun avval To‘rtko‘l tumani chekkasidagi fermer xo‘jaligiga hasharga jo‘natilgan:

“Yaganaga chiqayapmiz. Men o‘zim sutkalik paytida bir hafta borgandim. Hozir yotarlay qilishdi. To‘rtko‘l shahridan 1 soat uzoqlikdagi Sotim Nurimmatov fermer xo‘jaligiga olib ketishdi. Ular 20 kun ishlab kelgach, keyin bizni jo‘natishadi”, dedi to‘rtko‘llik hamshira qiz.

Uning aytishicha, dalaga jo‘natilgan ishchilarning yotog‘i va yemagi o‘z hisobidan bo‘lishi ta‘kidlangan:

“Pul faqat paxta terganimizda berishadi. Yagana, chopiq yoki qatqaloq payti hech qachon pul berishmagan. Endi oyligimiz yurib turgani uchun hech kim indamaydi. Ba‘zi fermerlar obedini qilib berayapti. Lekin men borganimda o‘sha joydagi xonadonlarga zakaz berib, ovqat sotib olganmiz”, dedi to‘rtko‘llik hamshira qiz Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

Ozodlik muxbirining o‘rganishicha, idora va tashkilot xodimlarining tekin ishchi kuchi sifatida dalaga haydalishi nafaqat To‘rtko‘lda, balki Qoraqalpog‘istonning Ellikqa‘la, Beruniy, Amudaryo kabi deyarli barcha tumanlarida kuzatilayapti.

Ellikqal'adagi kollejlardan birining xodimiga ko‘ra, tumandagi deyarli barcha kollejlarning ishchilari navbati bilan 10 kun davomida dalaga haydalgan.

Ozodlikning joylardagi manbalari bergan xabarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi kabi mamlakatning boshqa joylarida ham idora va tashkilot ishchilari bahorgi-yozgi dala ishlariga jalb qilinayapti.

Jumladan, Qarshidagi Ozodlik manbalariga ko‘ra, 26 maydan boshlab Qarshi shahridagi ishchi-xizmatchilar g‘o‘za chopig‘i va yaganasiga jalb qilingan.

Qarshidagi manbalarimizga ko‘ra, ishchilar navbati bilan 10 kun davomida yotog‘i va yemagi o‘z hisobidan bo‘lgan holda dalada tekinga ishlashlari lozim.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maktablardan birida ishlovchi 42 yashar o‘qituvchi Jonibek Usmonovga ko‘ra, may oyining boshidan buyon tumandagi maktab o‘qituvchilari paxta chopig‘iga chiqarilgan.

Unga ko‘ra, mahalliy rahbariyat chopiq 45 kun davom etishi, bu vaqt ichida yotoq va yemak uchun harajat to‘liq o‘qituvchining o‘z zimmasida bo‘lishini aytgan.

Surxondaryodagi Ozodlik manbalariga ko‘ra, viloyatdagi Uzun tumani tibbiyot birlashmasining 20 dan ortiq xodimlari 7 may kuni yotog‘i bilan chopiqqa jo‘natilgan. Bundan tashqari har kuni o‘nlab hamshiralar kunlik chopiqqa chiqarilmoqda.

25 aprel kuni Ozodlikka yetib kelgan xabarda Sirdaryoning Boyovut tumanidagi kollej va litsey o‘qituvchilari bahor boshidan buyon dala ishlariga majburlanmoqda.

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida esa xususiy tadbirkorlar ham paxta chopig‘iga safarbar etildi.
XS
SM
MD
LG