Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:57

Farrux Soipov olgan "Nafs" filmi prodyuseri Moskvada o‘g‘irlangani iddao qilinmoqda


Mirsobir Hamidqoriyev Moskvaning Voykovskiy tuman politsiya bo‘limida. Surat 2013 yil avgustida olingan.
Mirsobir Hamidqoriyev Moskvaning Voykovskiy tuman politsiya bo‘limida. Surat 2013 yil avgustida olingan.
O‘zbekistonda diniy ekstremizmda ayblanib, qidiruvga berilgan toshkentlik 37 yashar kinoprodyuser va tadbirkor Mirsobir Hamidqoriyev dushanba kuni Moskva markazidan noma‘lum shaxslar tomonidan noma‘lum tomonga olib ketilgan. O‘zbekistonlik bu dindor yaqinda Rossiya Federatsiyasidan vaqtinchalik qochqinlik maqomini olgan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Mirsobir Hamidqoriyevni "Islom jihodchilari" terrorchi guruhiga asos solganlikda ayblagan.


Navbatdagi qochqin o‘g‘irlandi

9 iyun kuni kechki soat 7 larda Moskvaning "Chistie Prudi" mavzesida sud qarori bilan Rossiyada vaqtinchalik siyosiy qochqinlik maqomini olish arafasida bo‘lgan 37 yoshli Mirsobir Hamidqoriyev o‘g‘irlab ketildi.

Moskvada inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi “Yordam” nodavlat tashkiloti rahbari Bahrom Hamroyev Ozodlikka Hamidqoriyev o‘g‘irlab ketilganida uning yonida qochqinning rafiqasi ham bo‘lganini aytadi.

- Kecha uning turmush o‘rtog‘idan o‘g‘irlandi, degan xabar keldi va biz oqshom soat 2 gacha politsiya bo‘limida “o‘g‘irlandi” degan ariza berdik. Ayoli aytib berdi qay holatda o‘g‘irlanganini. Ular mashinasida kelib, ayoli aptekaga kirgan va Sobirni to‘rt kishi qo‘llarini qayrib moshinaga – ayoli taksiga o‘xshagan mashina dedi - tiqib, olib ketishgan. Buni odamlar ham ko‘rgan. Bu odamlarning ko‘rinishini yaxshi ko‘ra olmagan, lekin biri o‘zbek, biri o‘ris ekanini ko‘rib qolgan. Xotini 8 oylik yosh bolasi bilan ko‘chada qoldi, - deydi Hamidkoriyev Mirsobirning hozirda qayerda ekani noma‘lumligicha qolayotganini gapirgan huquq faoli.

Ma‘lum bo‘lishicha, o‘sha kuni Mirsobirning rafiqasi Eleonora Isayeva bilan qo‘qqsidan kasal bo‘lib qolgan 8 oylik farzandini shifoxonaga olib borish uchun taksi chaqirtirgan.

Mirsobir Nikolay ismli shu taksi haydovchisi mashinasida noma‘lum tomonga olib ketilgan. Hodisa guvohlari mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan Hamidqoriyevning yoniga ikki tarafdan yugurib kelgan barzangi yigitlar o‘tirib olgan va mashina joyidan o‘qdek uzib ketgan.

Bahrom Hamroyev odatda o‘zbek qochqinlarini o‘g‘irlab ketish holatlari juma kuniga to‘g‘ri kelishi, Mirsobir esa dushanba kuni noma‘lum tomonga olib ketilganini endilikda odam o‘g‘irlashlarda bevosita Rossiya FSBsi ham ishtirok etayotganidan darakligiga ishora qildi.

Suhbatdosh siyosiy qochqinlarni ekstraditsiya qilolmagan Rossiya maxfiy xizmatlari ularni noqonuniy yo‘llar bilan berib yuborishga kirishganini iddao qildi.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:29 0:00
Бевосита линк

Mirsobir Hamidqoriyevning advokati Illarion Vasilyev avvaliga mahalliy politsiya ulardan ariza qabul qilmagani va har taraflama uni qidiruvga berishga qarshilik qilganini Ozodlikka gapiradi.

- 12 iyun bayram kunlari u qochqinlik maqomini olishi kerak edi. Sud qarori kuchga kirishi kerak edi bu kuni. U o‘g‘irlab ketilishini sezib, bizga o‘z xavotirlarini bildirgan edi. Biz ishonmadik. Men uning o‘g‘irlanishi o‘zbek maxfiy xizmatlaridan boshqa hech bir tashkilotga kerak emas edi, deb o‘ylayman. Kecha politsiya bizning arizamizni qabul qilishdan bosh tortdi avvaliga, keyin har bahona bilan “Ertaga keling”, deb yuborishdi. Uning ayoliga kecha politsiyada ochiqchasiga “Uni hech kim qidirmaydi”, deb aytishibdi, - deydi Hamidqoriyevning advokati Illarion Vasilyev Ozodlikka.

Himoyachi Mirsobirning o‘g‘irlab ketilishi yuzasidan Yevropa Sudi, mahalliy politsiya, Chegara xizmati va hatto, FSBga murojaat qilganini ma‘lum qildi.

O‘tgan yilning 7 avgust kuni Moskvaning Golovinskaya tumanlararo prokuraturasi Hamidqoriyevni O‘zbekistonga topshirishga asos yo‘qligi bois, hibsdan ozod qilganidan keyin o‘zbek kinoprodyuseri o‘z advokatlari orqali Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragan edi.

Joriy yilning 12 mayida Mirsobir Hamidqoriyevga Moskva shahar Zamoskvoretskiy tuman sudi qarori bilan Rossiyada qochqinlik maqomi berilishi belgilandi.

Ozodlik so‘nggi bir necha oy davomida Rossiyada¸ ayniqsa¸ dindorlarga qarshi O‘zbekistondan kelayotgan so‘rovlar va mamlakatdan o‘g‘irlab ketilayotgan qochqinlar soni keskin oshgani kuzatilayotgani to‘g‘risida xabar berib kelmoqda.


Hamidqoriyev ishi

Mirsobir Hamidqoriyevni yaqindan bilganlar uning namozxon bo‘lganini aytishadi.

Mirsobir Hamidqoriyev O‘zbekistonda taqiqlab qo‘yilgan “Nafs” filmiga prodyuserlik qilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi aybloviga ko‘ra¸ Mirsobir Hamidqoriyev o‘z tarafdorlari bilan “Islom jihodchilari” tashkilotini yaratgan.

Advokat Illarion Vasilyev o‘z tasarrufidagi hujjatlarga asoslanib, kinoprodyusser mamlakat hukmdor elitasining “sohibasi” bilan konfliktga tushganini aytadi.

Illarion Vasilyevning Ozodlikka aytishicha, Hamidqoriyev Toshkentdagi 1,5 million dollarlik mol-mulkidan ayrilgan. Unga tegishli "Mir elektroniki" do‘koni olib qo‘yilgan.

O‘zbekistonda prodyuser Mirsobir Hamidqoriyevga 2011 yil 3 yanvarda sirtdan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mirsobir Hamidqoriyev 2011 yil 1 aprelda qidiruvga berilgan, 7 iyunda Rossiya IIV federal qidiruv xizmati ro‘yxatiga kiritilgan.

“Memorial” ma‘lumotlariga ko‘ra, "Islom jihodchilari" diniy guruhiga aloqadorlik aybi bilan 40 kishi ushlangan.

"Memorial" faollari o‘z qo‘llaridagi hujjatlarga asoslanib, ushlanganlardan 30 nafari 60 ming dollargacha bo‘lgan pora evaziga ozodlikka chiqarilgani va qolgan 9 kishi, jumladan, Hamidqoriyevning akasi ham uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm qilinganini aytishadi.

Bu qama-qamalar paytida Hamidqoriyev va sportchi Ulug‘bek Shukurovlar mamlakatdan qochishga muvaffaq bo‘lishdi.
XS
SM
MD
LG