Линклар

O‘zbekistonda o‘zbek, rus, qoraqalpoq va tojik tillaridagi umumta‘lim darsliklarini mobil telefonlarda va planshetlarda o‘qish imkoniyatini beruvchi “E-darslik” mobil dasturi ishga tushirildi.

Mazkur dastur ZiyoNET Resurs markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Dasturga 40 dan ortiq darsliklar joylashtirilgan.

Kerakli darsliklarni telefon yoki planshetga yuklab olish mumkin. Bu esa darsliklardan Internet tarmog‘iga ulanmasdan turib foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Darsliklar hajmi 50 mb gacha bo‘lishi mumkin. Trafikni tejash va yuklab olish tezligini ko‘paytirish maqsadida darsliklar arxivlangan holatda yuklab olinadi.
XS
SM
MD
LG