Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:10

Braziliyaning futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladigan shaharlaridan birini suv bosdi


Braziliyaning Parana shtatida 10 iyun kuni ro‘y bergan suv toshqinida o‘n odam halok bo‘ldi, o‘n minglab odamlar esa o‘z uylarini tark etdi.

Qattiq jala yog‘ishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinidan jami yuzdan ortiq shahar va aholi punktlari aholisi jabrlandi. Suv toshqini shtatning poytaxti Kuritiba shahriga ham ziyon keltirdi.

Mazkur shaharda payshanba kuni Braziliyada ochiladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining bir nechta o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Kuritibada mashqlar o‘tkazayotgan Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulotlari odatdagi rejimda davom etayotgani xabar qilinmoqda. Ma‘lum bo‘lishicha, shahar stadioni va mashg‘ulot markaziga suv toshqinidan zarar yetmagan.
XS
SM
MD
LG