Линклар

Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonda xususiy avtomobil egalarining videoregistratordan foydalanishi taqiqlanmaganini ta‘kidlovchi ma‘lumotni chop etdi.

IIV rasmiy xabariga ko‘ra, videoregistratordan foydalanish taqiqlanmagan, faqatgina bu moslamani o‘rnatishga oid qat‘iy tartib belgilangan.

Ya‘ni, videokamera va yozib oluvchi qurilmadan iborat bu moslama haydovchining yo‘lni ko‘rish imkonini cheklamaydigan joyda, monitor yoki displeysiz, yoxud monitor va displey bo‘lsa, u holda salonning orqa qismida o‘rnatilishi mumkin.

Jismoniy shaxslarga o‘z mashinasi salonida videoregistrator o‘rnatishga oid tavsiyalar aks etgan bu xabarda asl tartibdan bexabar bo‘lgani bois, "aksar haydovchilar orasida bu moslama taqiqlanganiga oid xato fikr urchigani" ta‘kidlandi.

Belgilangan tartibga amal qilmagan holda, haydovchiga eng kam ish haqqining ikki barobari, taqriban 64 AQSh dollari miqdorida jarima solinadi. Ayni tartibbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilgan holda haydovchiga ko‘proq jarima solinishi yohud 6 oydan 1 yilgacha avtomobilь haydash huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG