Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:21

O‘zbekiston islomiy harakati Karachi aeroportiga hujum uchun mas‘uliyatni zimmasiga oldi


O‘zbekiston islomiy harakatining Karachi aeroportiga hujum uyushtirgani iddao qilinayotgan 10 nafar xudkush a‘zosi.
O‘zbekiston islomiy harakatining Karachi aeroportiga hujum uyushtirgani iddao qilinayotgan 10 nafar xudkush a‘zosi.
O‘zbekiston islomiy harakati 9 iyun kuni Pokistonning Karachi aeroportiga uyushtirilgan hujumni o‘z xudkush mujohidlari amalga oshirgani iddaosi bilan chiqdi. Bu hujum oqibatida 27 odam nobud bo‘ldi.

Namanganlik Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniy tomonidan tashkil topgan O‘zbekiston islomiy harakati Al-Qoida terror tashkilotiga aloqador guruh sifatida xalqaro terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Harakat e‘lon qilgan bayonotda iddao qilinishicha¸ Karachi aeroportiga hujum uyushtirgan 10 nafar mujohid¸ olti soat davomida aeroportdagi Pokiston harbiy uchqichlari va AQSh josuslik tayyoralarinining katta qismini vayron qilgan.

Bayonotga xudkushlik amaliyotini uyushtirgan harakat 10 a‘zosining surati ham ilova qilingan va bu hujumning Pokiston armiyasi 21 may kuni Vaziristondagi janggarilar bazasiga uyushtirgan harbiy amaliyotlar uchun qasos ekani ta‘kidlangan.

Hozircha O‘zbekiston islomiy harakatining bu iddaosi rasmiy yoki mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlangani yo‘q.

2013 yilda Pokistonning Kvetta va Kuram mintaqalaridagi hujumlar uchun ham mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan O‘zbekiston islomiy harakati¸ o‘zining bugungi asosiy kurashi Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va Pokiston armiyasiga qaratilganini e‘lon qilgan.

2009 yili AQSh va Pokiston harbiylari Janubiy Vaziristonda o‘tkazgan harbiy amaliyotlar davomida harakat asoschisi va yetakchisi Tohir Yo‘ldosh o‘ldirilgan edi.
O‘zbekiston islomiy harakatining hozirgi amiri Usmon G‘oziy.
O‘zbekiston islomiy harakatining hozirgi amiri Usmon G‘oziy.

Qariyb bir yil sir tutilgan Tohir Yo‘ldosh o‘limidan so‘ng mayda-mayda guruhlarga bo‘linib¸ parokanda bo‘lgan bu harakatga uning kuyovi Usmon Odil “amir” etib tayinlangan edi.

Usmon Odil ham 2012 yil yil aprelida Pokiston harbiylari o‘tkazgan havo hujumlari oqibtida o‘ldirilgach¸ harakatga Usmon G‘oziy yetakchilik qilishga o‘tgan.

Xavfsizlik bo‘yicha tahlilchilar¸ Tohir Yo‘ldosh o‘limidan so‘ng bir necha yuz a‘zosi qolgan O‘zbekiston islomiy harakatining hozirga kelib qayta jonlanib¸ bir necha ming kishilik bu guruhning Markaziy Osiyo xavfsizligiga tahdidi ham kuchayib borayotganini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG