Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:40

O‘zbekiston gazni sotmay, suvsiz qolishi mumkinmi?


Qirg‘iziston hukumati kuni kecha Katta Namangan kanalidagi suvni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bishkek rasmiylari kutilayotgan uzilishni kanalda tozalash ishlari o‘tkazish zarurati bilan izohlamoqda.

Ayni paytda siyosatshunoslar Qirg‘iziston Toshkentning ikki oydan beri O‘shga gaz bermayotganiga javob tariqasida mana shunday qadam tashlanayotganini aytmoqda.

Namangan kanali vaqtincha yopiladimi-yo‘qmi – bundan qat‘inazar, ba‘zi ma‘lumotlarga qaraganda, bu yil suv taqchilligi tahdidi bor.

Chindan ham taqchillik alomatlari bormi yoki vahimaga o‘rin yo‘qmi?

OzodNazarning bugungi sonida farg‘onalik faol Abdusalom Ergashev bilan gaz va suv masalalari ustida gaplashildi.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:23 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG