Линклар

Bugun, 12 iyun kuni Braziliyada futbol bo‘yicha Jahon chempionati boshlanadi.

Keyingi bir oy davomida 32ta mamlakat terma jamoalalari jahon birinchiligi uchun kurash olib boradilar.

San Paolo shahrida o‘tadigan ochilish uchrashuvida Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari maydonga tushadi.

Qurilish ishlaridagi kechikishlar, ortiqcha xarajat va ommaviy namoyishlarga qaramay Braziliya prezidenti Dilma Russef mamlakat Jahon chempionatini qabul qilishga to‘liq tayyor ekanini bildirdi.

Prezidentga ko‘ra, Braziliya musobaqaga kelishi kutilayotgan 600 ming futbol ishqibozlarini “quchoq ochib” kutib oladi.

Braziliya Jahon chempionatiga xizmat qiluvchi 12ta stadionini yangilash va mezbon shaharlardagi infratuzilmalarni yaxshilash uchun 11 milliard dollar sarfladi.

Hukumatni Jahon chempionatini o‘tkazish uchun rekord mablag‘ sarflashi ko‘plab braziliyaliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Eslatamiz, Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionatida o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov yetakchiligidagi hakamlar jamoasi ham xizmat ko‘rsatadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG