Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:23

“O‘zbek separatizmiga doir ayblovlar quruq va asossizdir!"


Qonli voqealardan keyin Qirg‘izistonni tark etgan o‘zbek yetakchilari imzosi bilan e‘lon qilingan bayonotda, oradan to‘rt yil o‘tib ham hukumat qirg‘izistonlik o‘zbeklarga nisbatan ta‘qiblarni to‘xtamagani aytiladi.

“Qirg‘iziston Prezidenti A.Atamabevning iyun voqealari 4 yilligi munosabati bilan e‘lon qilgan bayonot matnida, u iyun voqealarida aybdor bo‘lgan revanshist va millatchilar qatorida tilga olgan ayirmachilar haqida gapirib, o‘zbek jamoatchiligi yetakchilariga shama qilishi xavotir tug‘diradi”, deyiladi murojaatnomada.

O‘zbek faollari “o‘zbek separatizmiga doir ayblovlar quruq va asossizdir”, deya ta‘kidlab, 2010 yil iyun oyida o‘zbeklar tarafidan uyushtirilgan namoyishlarda fuqarolarning “qonuniy huquqlari va erkinliklarini ta‘minlash”ga doir bo‘lganini eslatadi.

2010 yil 10 iyun kuni boshlangan etnik zo‘ravonliklarda 500 ga yaqin odam, asosan o‘zbeklar halok bo‘lgan. Mojaro oqibatida o‘n minglab etnik o‘zbek o‘z joylarini tashlab ketishgan majbur bo‘lgan.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:01 0:00
Бевосита линк

Qonli voqealar bo‘yicha 545 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 400 nafari o‘zbek, 133 nafari qirg‘iz, 8 nafari boshqa millat vakillaridir. O‘sh voqealari yuzasidan o‘tayotgan mahkamalarining ba‘zilari bugungi kungacha davom etmoqda.

11 iyun kuni paydo bo‘lgan bayonot ostiga imzo chekkanlar orasida Qirg‘iziston tomonidan sirtdan sudlangan taniqli tadbirkor Qodirjon Botirov, "O‘shTV" kanalining sobiq xo‘jayini Xaliljon Xudoyberdiyev va boshqalar bor.

Muxbirimiz Xaliljon Xudoyberdiyevga bayonot yuzasidan bir necha savol bilan murojaat qildi:
XS
SM
MD
LG