Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:37

OzodNazar: Usmonovning futboli va Karimovning futbolkasi


Kecha, 12 iyun kuni Braziliyada futbol bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi.

Bir oy davomida 32 mamlakat terma jamoalari jahon birinchiligi uchun kurash olib boradi. San Paolo shahrida o‘tadigan ochilish uchrashuvida Braziliya terma jamoasi Xorvatiya termasi ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

OzodNazarning bugungi mehmoni – mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov ham futbolning ashaddiy ishqibozlaridan.

Chempionat boshlanishi bahona Abdurahmon bilan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonovning mamlakat futboli rivojiga qo‘shgan (balki, qo‘shmagan) xizmatlari to‘g‘risida (kuni kecha uni FIFA prezidenti Blatter “Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi);

Islom Karimovning tasviri tushirilgan futbolka chiqarib, sotish imkoniyatlari to‘g‘risida;

Toshkentda qurilishi boshlangan ulkan ko‘prikning zarurligi (yoki zarur emasligi) to‘g‘risida suhbatlashdik.

Abdurahmon Tashanovning OzodNazarini tinglang.
XS
SM
MD
LG