Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:30

"Toshkent aeroportidagi bojxonachilar nega so‘kinadi?"


Toshkent aeroportining Bojxona nazoratidagi tiqilinch.
Toshkent aeroportining Bojxona nazoratidagi tiqilinch.
OzodMaktub rukni ostida bugun e‘tiboringizga tinglovchilarimizdan kelgan maktublardan birini havola qilar ekanmiz, uning tarkibida ba‘zi uyat so‘zlar mavjudligidan sizni ogohlantirib qo‘ymoqchimiz. Bu so‘zlarsiz tinglovchi nima demoqchi bo‘lgani to‘liq tushunilmaydi, shuning uchun ularni qoldirishga majbur bo‘ldik.

***
Hurmatli Ozodlik radiosi muxbirlari, Sizlarga mana shu gaplarimni yozayotganimning sababi ba‘zi davlat xodimlarining odamgarchilikdan ancha yiroqlashib ketayotganligining guvohi bo‘lganimdir.

Men, asli, Qirg‘iziston respublikasi O‘sh viloyatidanman. Qo‘shnimiz O‘zbekistonga ko‘p o‘tib turaman. U yerda qarindoshlarim¸ tanishlarim ko‘p.

Men hozirda savdogarlik bilan shug‘ullanaman. Bir ish yuzasidan Malayziyaga safar qilishga to‘g‘ri kelib qoldi va men parvoz uchun Toshkent-Kuala Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha aviabilet xarid qildim.

Bilasiz, uchishdan oldin aeroportda registratsiya bo‘ladi. Toshkent aeroportiga birinchi marta kelishim. Haqiqatan chiroyli¸ odam gavjum¸ reyslar ko‘p ekan.

To‘g‘risi, men bu yerda birinchi marta deklaratsiya to‘ldirishim edi. Shuning uchun ayrim joylarida xatolik bor ekan. Tekshiruvdan o‘tish joyiga bordim. Odam ko‘p ekan. Navbatga turib hammani kuzatib turibman. Shunda mendan oldin bir qarshilik yigit pasport tekshiruv joyiga bordi. Qarab tursam o‘sha joydagi xodim boyagi yigitni baqirib so‘ka boshladi.

"E kallanga q.......... Bu yerga pul yozilmaydi. Valyutani mana bu yerga yozasan g...n" deb so‘kib ketdi. Hamma hayron. U bola esa qizargancha ortiga qaytib ketdi.

Tushunmadim, bularga kim o‘rgatadi bunaqa muomala qilishni? Yo‘lovchilarga bunday munosabatini ko‘rib o‘yladimki, O‘zbekistonda ishlayotgan davlat xizmatchilari ancha quturib ketibdi, deb.

Keyin men bordim tekshiruvga. Hali aytganimdek deklaratsiyamda xatolik bor ekan. Buni qarangki, xuddi o‘sha muomala menga nisbatan ham takrorlandi.

"E senlar yi...misanlar. Nima bitta deklaratsiyaniyam eplab to‘ldirisholmaysanlar. Bor nax... sen ham mana bu joyni to‘g‘rilab kel", deb qolsa bo‘ladimi.

Axir hammamiz insonmiz¸ yaxshi gapning gadosimiz, chiroyli gapirsa bo‘ladiku?! Shuni aytmoqchimanki bu o‘tirgan joyi undan oldingilardan ham qolgan, undan ham qoladi, undan keyingilardan xam qolishi xaq gap.

Men shunchaki ko‘rganlarimni yozdim xolos.

Insofni hammaga bersin.

O‘shlik yo‘lovchi

P.S. Ozodlik hozircha o‘shlik sayohatchining Toshkentdan aynan qaysi kuni¸ qaysi reys bilan Kuala Lumpurga uchgani haqida ma‘lumotga ega emas. Bu ma‘lumot ochiqlanishi bilan uni sizga yetkizamiz.
XS
SM
MD
LG