Линклар

logo-print
Tojikistonlik internet foydalanuvchilari 12 iyundan boshlab mamlakat ichida Google shirkatiga qarashli xizmatlarga kirib bo‘lmayotganini aytmoqdalar.

Mahalliy Internet provayderlari uyushmasi rahbari Asomuddin Atoyev Ozodlik radiosi bilan suhbatda Tojikistondagi aksar provayderlar Google xizmatlariga, jumladan, Gmail elektron pochtasiga to‘siq qo‘yganini tasdiqladi.

Ikki kun avval, 9 iyun kuni mamlakatda ommabop YouTube video-portaliga kirish to‘silgan edi.

11 iyun kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Matbuot erkinligi uchun maxsus namoyandasi Dunya Miyatovich Dushanbe hukumatini YouTube portaliga qo‘yilgan to‘siqni bekor qilishga chaqirgan edi.

Tojikiston hukumati qoshidagi Aloqa xizmati rahbari o‘rinbosari Rafiqjon Shokirov internetdagi to‘siqlar hukumat tarafidan qo‘yilmagani va ularga texnik muammolar sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi.
XS
SM
MD
LG