Линклар

Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati tarixida birinchi marta ishtirok etayotgan Bosniya va Gersogovina komandasi 15 iyun kuni Argentinaga 2:1 hisobida yutqazdi. Argentina ayni paytda "F" guruhi lideri bo‘lib qolmoqda.

15 iyunda o‘tgan o‘yinning uchinchi daqiqasida bosniyalik Sead Kolashinats o‘z darvozasiga gol urib qo‘ygani Jahon chempionatining debyutant komandasi uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Argentina futbolchischi Lionel Messi o‘yinning 65-daqiqasida Bosniya va Gersogovina darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi.

Bosniya va Gertsogovina jamoasidan yagona golni o‘yin tugashiga besh daqiqa qolganida maydonga chiqarilgan Vedad Ibishevich urdi.

Birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, Bosniya va Gersogovina jamoasi jahon chempionatida o‘z pozitsiyasini mustahkamlab olish imkoniyatiga ega. Jamoa "F" guruhi doirasida 21 iyunda Nigeriya va 25 iyunda Eron futbolchilari bilan maydonga tushadi.

15 iyun kuni "E" guruhida Shveysariya Ekvadorni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ekvador o‘yinchisi Enner Valensiya 1-taymning 22 daqiqasida Shveytsariya darvozasiga gol urdi. Ikkinchi taymning uchinchi daqiqasida Shveysariya hisobni tenglashtirdi. O‘yinning so‘nggi soniyalarida Xaris Seferovich Ekvador darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.

Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshliq hakamlar guruhi boshqardi.

"E" guruhidagi ikkinchi uchrashuvda Fransiya Gonduras ustidan 3:0 hisobda g'alaba qozondi. O'yindagi ikkita golga "Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema mualliflik qildi.

16 iyun kuni Germaniya va Portugaliya, Eron va Nigeriya, AQSh va Gana jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG