Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:31

JCh-2014: O‘zbekistonliklar Ravshan Ermatovga "bolet" qilmoqda


O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov Sveysariya va Ekvador o'rtasidagi uchrashuvni boshqarmoqda. 15 iyun 2014 yil, Braziliya.
O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov Sveysariya va Ekvador o'rtasidagi uchrashuvni boshqarmoqda. 15 iyun 2014 yil, Braziliya.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Braziliyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarida o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovning maydonga tushishini inqtiqlik bilan kutishmoqda. O‘zbekistonlik R. Ermatov boshliq hakamlar guruhi 15 iyun kungi Shveysariya-Ekvador jamoalari uchrashuvini boshqardi. Bu 37 yoshli Ravshan Ermatov uchun JCh-2014 doirasida ishonib topshirilgan ilk uchrashuvdir.

O‘zbekiston milliy futbol jamoasi Braziliyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha bu yilgi jahon chempionatiga chiqa olmagan.

Lekin bu galgi chempionatda ham O‘zbekistonni to‘rt marta "Osiyoning eng zo‘r hakami" deb topilgan Ravshan Ermatov tamsil etadi.

37 yoshli Ermatov Braziliyada o‘tayotgan bu yilgi Jahon chempionati o‘yinlarida sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlari orasidan qatnashayotgan yagona hakamdir.

Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi 15 iyun kuni Shveysariya va Ekvador terma jamoalari uchrashuvini boshqarib bordi.

Aytib o'tish joiz, o'yinning 93-daqiqasida kiritilgan va Shveysariyaga g'alaba olib kelgan gol aynan Ermatovning vaziyatga to'g'ri baho berib, ekvadorlik o'yinchining qo'polligiga qaramasdan o'yinni davom ettirish haqidagi qaroridan so'ng kiritildi. Agar o'zbekistonlik hakam o'yinni to'xtatib, jarima to'pi belgilaganida Shveysariyaning tezkor qarshi hujumi amalga oshmay qolgan bo'lar edi.

FIFA rasmiy saytida keltirilishicha, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov uchligiga zahira hakami sifatida norvegiyalik Sven Odvar Moen yordamlashdi.

- Shveysariya va Ekvador jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Ermatovga bolet qilamiz-da, - dedi uchrashuvdan oldin o‘zbekistonlik futbol ishqibozlaridan biri.

Bu Ravshan Ermatov uchun JCh-2014 doirasida ishonib topshirilgan ilk uchrashuvdir.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari shu o‘yin boshlanishini intiqlik bilan kutishganini aytishadi.

- Nima qilamiz, bitta Ermatov bor ekan. Ko‘z tegmasin, bizning hakam Ravshan Ermatov yaxshi. Lekin uni Shveysariya-Ekvador o‘yiniga hakam qilib qo‘yishgani menga yoqmadi. Yaxshiroq jamoalar o‘rtasidagi o‘yinga, Ispaniya-Gollandiya o‘yiniga hakamlik qilsa, zo‘r bo‘lar edi. Yaponiyalik hakam Braziliya va Xorvatiya o‘yinida anchagina xatolar qildi. Shu o‘yinga ham Ermatovni hakam qilib qo‘yish kerak edi, - deydi o‘zbekistonlik futbol ishqibozi.

Namanganlik jurnalist Nosir Zokir o‘zbekistonliklar Ravshan Ermatovning Braziliyadagi o‘yinlarni halol boshqarishiga umid qilayotganliklarini aytadi.

- Ravshanni birinchi o‘yinni boshqaradimi, deb o‘ylagan edik. Chempionat yaponiyalik hakamni xatolari bilan boshlandi. Qolganlari ham xato qilyapti. Biz Ravshan tezroq tushsa, halol sudyalik qilib bersa, deb kutyapmiz. Bu yerda biz Ravshanni o‘yinlarni halol boshqarishiga ishqibozlik qilamiz, - deydi Nosir Zokir.

O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga birinchi marta hakamlik qilayotgani yo‘q. U 2010 yili Janubiy Afrikada o‘tkazilgan Jahon chempionatining ilk uchrashuviga ham hakamlik qilgan. Shuningdek, o‘sha chempionatning yarim final o‘yinlaridan biri o‘zbekistonlik hakamga ishonib topshirilgan edi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari 2018 yilgi jahon fubogi o‘yinlarida nafaqat o‘z hakamiga, balki milliy jamoasiga "yontayoq" bo‘lish umidida.

- Xudo xohlasa, o‘zimizning milliy jamoaga ham "bolet" qilamiz. Jamoamiz Rossiyaga 2018 yilda boradi, deb umid qilyapmiz, - deydi o‘zbekistonlik futbol ishqibozlaridan biri.
XS
SM
MD
LG