Линклар

logo-print

O‘shga 2 oydan beri gaz berilmayotgani chigal millatlararo vaziyatni taranglashtirmoqda


Hulkar Isomova, Reyter axborot agentligining Qirg‘izistondagi muxbiri.

Hulkar Isomova, Reyter axborot agentligining Qirg‘izistondagi muxbiri.

O‘zbekiston Qirg‘izistonning janubiy viloyatlariga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yganiga ikki oy to‘ldi. Bu masala 11 iyun kuni Qirg‘iziston parlamentida Bosh vazir ishtirokida o‘tgan yig‘inda yopiq eshiklar ortida muhokama qilindi. Majlisda qanday qaror qabul qilingani hozircha ma‘lum emas.

Lekin qirg‘izistonlik jurnalist, Reyter axborot agentligining shu mamlakatdagi muxbiri Hulkar Isomovaning fikricha, Qirg‘iziston hukumati aybni “O‘ztransgaz” yoki “Gazprom”dan emas, balki o‘zidan izlashi kerak.

O‘zbekiston tomoni 10 aprelda, “Qirg‘izgaz” Rossiyaning “Gazprom”iga sotilganidan 4 kun o‘tib, ya‘ni 14 aprelda O‘shga gaz berishni to‘xtatgan edi.

Qirg‘iziston hukumati “Qirg‘izgaz”ni “Gazprom”ga sotish ortidan gaz ta‘minoti bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlikdan voz kechib, mamlakatni gaz bilan ta‘minlash huquqini Rossiyaga bergan edi. Ammo “Gazprom” ham Toshkent rasmiylari bilan til topisha olmayotgani aytilmoqda.

Hulkar Isomovadan 2010 yil, iyunь voqealarining 4 yilligi munosabati bilan O‘shdagi vaziyat to‘g‘risida ham so‘radik.
XS
SM
MD
LG