Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:07

Braziliyada kim chempion bo‘lishini bashorat qilish jonivorlarga qoldi


Қозоқ сайғоқлари
Қозоқ сайғоқлари
12 iyun kuni Braziliyada futbol bo‘yicha navbatdagi jahon birinchiligining ilk o‘yiniga start berildi. Bu o‘yin barobarida futbol bilan bog‘liq ehtiroslaru turfa g‘aroyibotlar hovuri ham ko‘tarilib bormoqda. Futbol bo‘yicha 2010 yilgi jahon chempioni kim bo‘lishini oldindan bashorat qilgan folbin sakkizoyoq Pol hamon ko‘pchilik yodida qolayotgan ayni kunlarda¸ Braziliyada oltin kubok qaysi davlat milliy jamoasiga nasib etishini bashorat qilayotgan jonivorlar soni ham ko‘paymoqda. Ular safiga endilikda qozoqlarning sayg‘og‘i ham qo‘shildi...

Braziliyadan qaysi baxtli jamoa bo‘ynida oltin medalu¸ qo‘lida oltin kubok bilan uyiga qaytishini bilmoqchi bo‘lsangiz¸ Qozog‘iston cho‘llarida ulg‘aygan sayg‘oqqa¸ aniqrog‘i folbin sayg‘oq nomi bilan Twitterda qoldirilayotgan yozuvlarga qarang.

2010 yilgi chempion aynan Ispaniya bo‘lajagini oldindan bashorat qilgan germaniyalik sakkizoyoq Pol bunday folbinlik bozorini qizitib bergani ortidan¸ qozoq sayg‘og‘ining folbinlik qudratiga ishonayotganlar ham oz emas. Har qalay¸ Tvitterdagi yozuvlarga qaralsa!

Braziliyalik Kattabosh toshbaqa¸ Shveytsariyadagi Madam Shiva nomli dengiz cho‘chqasi¸ Xitoydagi endigina tug‘ilgan panda ayiqchalar bilan raqobatga kirishgan qozoqlarning sayg‘og‘i ham jahon birinchiligida boshlangan o‘yinlarning har biri qanday tugashini bashorat qilmoqda.

Futbol oltinlari haqida folbinlikda sayg‘oqqa Qozog‘istonning o‘zida ham raqib topildi – ayni kunlarda Olmaota hayvonot bog‘idagi Tomiris nomli maymun ham¸ ijtimoiy tarmoqlarga ko‘ra¸ o‘ziga ancha-muncha muxlis topib ulgurgan.

Twitterdagi yozishmalarga ishonilsa¸ bu jonivorlarning folbinlik qudrati faqat futbol bo‘yicha jahon birinchiligi¸ yoki faqat sport doirasidagina cheklanmaydi.

"Men bepoyon cho‘llarda yugurib¸ o‘z qudratimni shaman do‘stim yordamida umuman kelajak hodisalarini oldindan aytishga sarflayman” deyiladi Twitterda folbin sayg‘oq nomi bilan qo‘yilgan mujdada jumladan.

Ammo sayg‘oq futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi birinchi o‘yin haqida qilgan birinchi folbinligidayoq xatoga yo‘l qo‘ydi. U Braziliya-Xorvatiya o‘yinining durang tugashini bashorat qilgan bo‘lsa¸ asl o‘yin¸ 3-1 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan tugadi.

Ammo folbin sayg‘oq¸ bu xatolikni o‘zi emas¸ adolatsiz hakam xatosiga yo‘ydi.

“Bu o‘yinga o‘zbekistonlik referi (2010 yilgi chempionatning ilk o‘yinini boshqargan Ravshan Ermatov nazarda tutilmoqda – tahr.) hakamlik qilishi kerak edi”¸ deb qo‘shib qo‘ydi “folbin sayg‘oq” o‘z tvitida.

Agar qozoq sayg‘og‘iga ishonilsa¸ 13 iyunь kungi o‘yinlarda Meksika Kamerun ustidan¸ Chili Avstraliyadan g‘olib keladi¸ Ispaniya va Hollandiya o‘yini esa¸ durang bilan tugaydi.

Kimning chempion kelishiga kelganda folbin sayg‘oq¸ finalga Argentina va Angliya jamoalarining chiqib¸ chempionlik argentinaliklarga nasib qilishini bashorat etmoqda.
XS
SM
MD
LG