Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:03

Pokiston harbiylari O‘IH qarorgohiga zarba berdi


Pokiston xavfsizlik kuchlari 15 iyun kuni ertalab Shimoliy Vaziristonda janggarilarning kamida sakkiz jamlog‘iga berilgan havo zarbalari natijasida 100 dan ziyod janggari o‘ldirilgani haqida ma‘lumot tarqatdi. Xabarlarga ko‘ra, zarbalar nishoni asosan Karachi aeroportiga hujum uchun mas‘uliyatni zimmasiga O‘zbekiston Islomiy Harakatining bazasi bo‘lgan.

Yakshanba kuni o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida, pokistonlik harbiylar iddaosiga ko‘ra, Karachidagi aeroportga uyushtirilgan va besh soatdan ziyodroq davom etgan hujum tashkilotchilaridan biri Abu Abdulrahmon al-Maoniy ham o‘ldirilgan.

Amaliyot Shimoliy Vaziriston ma‘muriy markazi bo‘lgan Mironshoh shahridan 25 chaqirim narida joylashgan, toliblar va Al-Qoida bilan bog‘liq janggarilar faol harakatlanuvchi Dehgan tog‘li hududida o‘tkazilgan.

Pokiston Mudofaa vazirligi ma‘lumotlariga ko‘ra, bu yerdagi amaliyot hududda o‘zbek janggarilari va boshqa qurolli guruhlar borligi tasdiqlanganidan keyin boshlangan.

Avvalroq pokistonlik toliblar va O‘zbekiston Islomiy Harakati o‘zbek janggarilari Karachi aeroportiga qilingan hujumda ishtirok etgani haqida bayonot tarqatgandilar.
O‘zbekiston Islomiy Harakatining Karachi aeroportiga 9 iyunga o‘tar kechasi hujum uyushtirgani iddao qilinaëtgan 10 nafar xudkush a‘zosi.
O‘zbekiston Islomiy Harakatining Karachi aeroportiga 9 iyunga o‘tar kechasi hujum uyushtirgani iddao qilinaëtgan 10 nafar xudkush a‘zosi.
Xususan, O‘IH e‘lon qilgan bayonotda iddao qilinishicha¸ Karachi aeroportiga hujum uyushtirgan 10 nafar mujohid olti soat davomida aeroportdagi Pokiston harbiy uchqichlari va AQSh josuslik tayyoralarinining katta qismini vayron qilgan.

Bayonotga xudkushlik amaliyotini uyushtirgan harakat 10 a‘zosining surati ham ilova qilingan va bu hujumning Pokiston armiyasi 21 may kuni Vaziristondagi janggarilar bazasiga uyushtirgan harbiy amaliyotlar uchun qasos ekani ta‘kidlangan.

9 iyunga o‘tar kechasi Karachi aeroportiga uyushtirilgan hujum chog‘ida 38 kishi, shu jumladan, 10 nafar janggari halok bo‘lgandi.

Namanganlik Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniy tomonidan tashkil topgan O‘zbekiston islomiy harakati Al-Qoida terror tashkilotiga aloqador guruh sifatida xalqaro terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

2013 yilda Pokistonning Kvetta va Kuram mintaqalaridagi hujumlar uchun ham mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan O‘zbekiston islomiy harakati o‘zining shu kundagi hadafi Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va Pokiston armiyasi ekanini e‘lon qilgan.

2009 yili AQSh va Pokiston harbiylari Janubiy Vaziristonda o‘tkazgan harbiy amaliyotlar davomida harakat asoschisi va yetakchisi Tohir Yo‘ldosh o‘ldirilgan edi.

Qariyb bir yil sir tutilgan Tohir Yo‘ldosh o‘limidan so‘ng mayda-mayda guruhlarga bo‘linib¸ parokanda bo‘lgan bu harakatga uning kuyovi Usmon Odil “amir” etib tayinlangandi.

Usmon Odil ham 2012 yil yil aprelida Pokiston harbiylari o‘tkazgan havo hujumlari oqibtida o‘ldirilgach¸ harakatga Usmon G‘oziy yetakchilik qilishga o‘tgan.

Xavfsizlik bo‘yicha tahlilchilar¸ Tohir Yo‘ldosh o‘limidan so‘ng bir necha yuz a‘zosi qolgan O‘zbekiston islomiy harakatining hozirga kelib qayta jonlanib¸ bir necha ming kishilik bu guruhning Markaziy Osiyo xavfsizligiga tahdidi ham kuchayib borayotganini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG