Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:30

JCh-2014: Germaniya Portugaliyani yirik hisobda mag‘lub etdi


Braziliyada o'tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida yana bir yirik hisob qayd etildi. 16 iyun kuni o'tgan ushrashuvda Germaniya terma jamoasi portugaliyalik futbolchilarni 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Qiziqarli kechgan o'yinda "Bavariya" klubi hujumchisi Tomas Myuller xet-trik ijro etib, chempionatdagi to'purarlar ro'yxatida peshqadamga aylandi.

Qayd etish joiz, portugaliyalik futbolchilar uchrashuvning 37-daqiqasidan boshlab maydonda bir o'yinchi kam qoldilar. Pepe Myullerga nisbatan qo'pollik qilgani uchun maydondan chetlatildi.

"G" guruhidagi ikkinchi juftlik - AQSh va Gana uchrashuvi 2-1 hisobida amerikalik futbolchilar g'alabasi bilan yakunlandi.

16 iyun kuni o'tgan "F" guruhidagi uchrashuvda esa eronlik va nigeriyalik futbolchilar durang (0-0) o'ynadilar.

Jahon chempionatining oltinchi kunida Belgiya-Jazoir, Braziliya-Meksika va Rossiya-Janubiy Koreya juftliklari o'yinlari bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG