Линклар

logo-print

“Abu Saxiy” kargo yuklari Qirg‘iziston bilan chegara yopilgani bois to‘xtab qoldi


“Abu Saxiy” O‘zbekistonda logistika va transport xizmatlarini ko‘rsatadigan eng yirik shirkat hisoblanadi.

“Abu Saxiy” O‘zbekistonda logistika va transport xizmatlarini ko‘rsatadigan eng yirik shirkat hisoblanadi.

O‘zbekistonlik savdogarlar mamlakatga import tovarlar tashishda xizmatidan foydalanadigan “Abu Saxiy” shirkati faoliyati to‘xtab qolganidan shikoyat qilmoqda. Ozodlikning aniqlashicha, O‘zbekistondagi eng yirik savdo markazi va tovarlar importi bilan shug‘ullanadigan “Abu Saxiy” shirkatining quruqlikdan qatnaydigan konteynerlar qatnovi to‘xtashiga O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining yopilgani sabab bo‘lgan. Shirkatning aviatashuvlari to‘xtagani yo‘q.


O‘zbekistonlik tadbirkorlarning Ozodlikka aytishlaricha “Abu Saxiy” shirkati qariyb uch haftadan beri konteynerlar orqali olib kelinadigan tovarlarni mijozlarga yetkazib bera olmayapti.

“Abu Saxiy” kargosi orqali Xitoydan tovarlar kelmayapti. Bizga bu haqda aniq javob berilmayapti. Shunga aniqlik kiritib bersangiz”, deyiladi Ozodlikka kelgan maktubda.

“Abu Saxiy” shirkatining Xitoydagi vakili, Ozodlik bilan suhbatda, haqiqatan bu mamlakatdan konteyner yuklarini O‘zbekistonga olib o‘tish vaqtincha to‘xtatilganini tasdiqladi. O‘zini tanishtirmagan suhbatdoshimiz kargo yuklari shu oyning oxirida O‘zbekistondagi manzilga yetkazilishi kutilmoqda, deya ma‘lum qildi.

“Shu oyning oxirigacha yetkaziladi, Xudo xohlasa. Yuklar to‘xtab qolganining sababi Qirg‘iziston bilan chegara yopib qo‘yilganidir. Bir oycha bo‘lib qoldi bunga. Lekin oyning oxirida chegara ochilib qoladi, deb turibmiz”, deydi “Abu Saxiy” vakili.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha, “Abu Saxiy” logistika shirkatining faqatgina Xitoydan quruqlik orqali keltiriladigan yuklari bilan bog‘liq faoliyatigina to‘xtab qolgan. Shirkatning Toshkentdagi idorasi aviatashuvlar bo‘limi vakili bu vaziyat samolyotlarda tashiladigan tovarlarning yetkazilishga ta‘sir qilgani yo‘q, deya bildirdi.

“Faqat Xitoydan keladigan konteynerlar to‘xtab qolgan. Aviatashuvlar davom etmoqda. Tovar to‘planishi bilan samolyotlar qatnab turibdi”, dedi “Abu Saxiy” vakili.

“Abu Saxiy” O‘zbekistonda logistika va transport xizmatlarini ko‘rsatadigan eng yirik shirkat hisoblanadi. Toshkentda yirik savdo markazi bo‘lgan bu kompaniya O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev tomonidan nazorat qilinishiga oid iddaolar bor.
XS
SM
MD
LG