Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:23

Namangan qum konida ishlayotgan ikki o‘quvchi tuproq tagida qolib o‘ldi


Belarus - Human bones in a sand quarry in Mashtalery, Hrodna region, 17Jul2012
Belarus - Human bones in a sand quarry in Mashtalery, Hrodna region, 17Jul2012
Namangan viloyatining Pop tumani Chorkesar qishlog‘idagi ochiq qum konida ishlayotgan ikki kollej o‘quvchisi tuproq bosib qolib, nobud bo‘ldi. Xabarni yetkazgan chorkesarliklarga ko‘ra, bu qum karyerida bolalar mehnatidan foydalanish odatiy holga aylangan.

16 iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumani Chorkesar qishlog‘ida 17 yashar ikki o‘smir yo‘lakka yotqiziladigan tosh chiqaradigan mahalliy korxonaga qarashli ochiq qum konida tuproq tagida qolib o‘ldi.

Ozodlikka xabarni yetkazgan chorkesarliklardan biri hodisa ertalabki soat 10 larda sodir bo‘lganini ma‘lum qildi.

“Qishlog‘imizda ish yo‘qligi uchun ko‘p bolalar tosh kesishga kunbaylik ishga chiqishadi. Nobud bo‘lgan shu ikki bola ham ish yo‘qligi sababli karyerga ishga borishadi. karyerda kovlash paytida tuproq bosib qoldi, hozir Pop tuman markaziga ekspertizaga olib ketildi”, deb yozdi ismini oshkor etmasligimizni so‘ragan manba.

Ozodlik qo‘lga kiritgan ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘lgan o‘smirlardan biri 1996 yilda tug‘ilgan Tursunqulov Xumoyun, yana biri 1997 yilda tug‘ilgan Rahmonov Akmaljonlardir. Ma‘lum bo‘lishicha, marhumlar Pop tumanidagi Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida o‘qigan.

Chorkesarliklarning aytishicha, yigitlar qurilishda ishlatiladigan qumni kovlashda yaqinlariga ko‘maklashgani borgan va karyerning kovlangan qismidagi do‘nglik ostida quyoshdan saqlanish uchun kirib o‘tirgan. O‘sha paytda yuqoridan o‘pirilib tushgan tuproq dam olib yotgan o‘smirlarni bosib qolgan.

Hodisa joyida Pop tuman prokuraturasi va ichki ishlar xodimlari tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

“Bittasini boshi yorilib ketgan va yana bittasining ichki organlari ezilgan, deyishyapti”, deb ma‘lum qildi xabarchi.

17 iyun kuni soat 14:00 larda Rahmonov Akmaljon va Tursunqulov Xumoyunlar mahalliy qabristonga dafn etildi.
XS
SM
MD
LG