Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:17

JCh-2014: Rossiya-Janubiy Koreya o‘yini durang hisobda yakunlandi


Braziliyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Rossiya - Janubiy Koreya o‘yini 1:1 hisob bilan yakunlandi.

17 iyun kini o'tgan uchrashuvdagi hisob ikkinchi bo'limda koreyaliklar tarafidan ochildi. 68-daqiqada hujumchi Gin Xo Lining uzoqdan bergan zarbasini davozabon Akinfeyev qaytara olmadi.

Olti daqiqa o'tib esa Rossiya hujumchisi Aleksandr Kerjakov raqib darvozasi oldida yuzaga kelgan palapartishlikdan foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Avvalroq "H" guruhida Belgiya jamoasi Jazoirni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Braziliya va Meksika jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi. Braziliya va Meksika ikki o‘yindan so‘ng 4 ochkoga ega bo‘lib "A" guruhida liderlik qilmoqda.

Bugun, 18 iyun kuni, Avstraliya-Gollandiya, Ispaniya-Chili va Kamerun-Xorvatiya futbol jamoalari maydonga tushadi.
XS
SM
MD
LG