Линклар

Angliya terma jamoasining Braziliyada o‘tayotgan Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlari yanada pasaydi.

19 iyun kuni o‘tgan uchrashuvda angliyaliklar Urugvayga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldilar. Urugvayliklarning ikkala goliga ham Liverpul klubi hujumchisi Luis Suares mualliflik qildi.

Ikki o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchragan Angliya ayni damda "D" guruhida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Roy Xodjosnning shogirdlarining pley-off bosqichiga chiqishi uchun Kosta-Rikani ikki gol farqi bilan yutishlari, Italiya esa keyingi ikki o‘yinda g‘alaba qozonishi va Urugvaydan gol o‘tkazmasligi kerak.

19 iyun kuni "C" guruhidagi 2-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Kolumbiya Kot-d'Ivuar ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yaponiya va Gretsiya uchrashuvida golsiz durang qayd etildi.

Urugvay - Angliya 2:1
XS
SM
MD
LG