Линклар

logo-print
Jizzaxda o‘nga yaqin odam zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Ularning muzqaymoqdan zaharlanganliklari tahmin etilmoqda. Bu Jizzaxda so‘nggi bir oy ichida qayd etilgan uchinchi ommaviy zaxarlanish xolatidir.

Juma kuni shaharda zaharlanish alomatlari bilan o‘nga yaqin odam shifoxonaga yotqizilgan.

Ular muzqaymoqdan zaxarlanganliklari tahmin qilinmoqda.

–Tibbiyot kollejini yonida odam gavjum bo‘ladigan muzqaymoq kafesi bor. O‘sha yerda zaharlangan, deb aytilyapti. Hozir militsiya o‘sha yerni o‘rab olib, tekshirmoqda, - dedi Ozodlik manbaasi.

Odamlar zaharlangani tahmin etilayotgan kafeda mazqaymoq va salqin ichimliklar sotilgan.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, vodiylik tadbirkorlarga tegishli ekani aytilayotgan kafeda issiq kunda tez aynishi mumkin taomlar sotilmagan.

Jizzax shahar shifoxonasi vrachlaridan biri juma kuni o‘nga yaqin odam ko‘ngli aynib, shikoyat qilganini aytdi. Hozir shifokorlar bemorlarning nimadan zaharlanganini o‘rganishmoqda.

Bu Jizzaxda ommaviy zaharlanish bilan bog‘liq so‘nggi bir oy ichidagi uchinchi xolatdir.

Shu oy boshida shaharda yangi ochilgan "Nurbek" restoranida ovqatlangan xo‘randalardan 18 nafari zaharlanish alomatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan edi.

O‘tgan oy esa shahardagi "Prim" restoranida ovqatlangan 100 dan ortiq odam zaharlanish oqibatida kasalxonaga yotqizilgandi.
XS
SM
MD
LG