Линклар

O‘zbekiston qamoqxonasidan Xizbut Tahrir "amir"laridan birining jasadi chiqdi


Xizbut Taxrir "amir"i Abdurahim To‘xtasinovning ushbu surati Xizbut Tahrirning mintaqaviy saytidan olindi.

Xizbut Taxrir "amir"i Abdurahim To‘xtasinovning ushbu surati Xizbut Tahrirning mintaqaviy saytidan olindi.

O‘zbekistonda taqiqlangan Xizbut-Tahrir partiyasining mintaqaviy saytida Xizbut Tahrir "amir"laridan biri Abdurahim To‘xtasinov qamoqda vafot etgani xabar qilindi. Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, jasadda dahshatli qiynoq izlari bo‘lgan.

Xizbut-Tahrir partiyasining mintaqaviy saytida chop etilgan xabarda, Abdurahim To‘xtasinovning jasadi yaqinlariga 18 iyunga o‘tar kechasi topshirilgani va uni zudlik bilan dafn etishga buyrilgani aytiladi.

“Abdurahimning yaqinlariga uning jasadini erta tongda faqat yaqin qarindoshlardan iborat tor doirada keng jamoatchilikka e‘lon qilmay dafn etishga buyruq berildi”, deb yozadi Xizbut-Tahrir partiyasining mintaqaviy sayti.

1971 yilning oktyabrida tug‘ilgan Abdurahim To‘xtasinov 2006 yilning fevralida Andijondan Toshkentga ketayotganida Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingan. Unga O‘zbekiston Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish ayblovi bildirilgan.

Bi-Bi-Si radiosining Xizbut Tahrir faollaridan biri Islom Abu Halilga tayanib xabar berishicha, jasadda dahshatli qiynoq izlari bo‘lgan. Abu Halilga bu haqda marhumning yaqinlari aytib bergan.

Abdurahim To‘xtasinov 2000-2006 yillar orasida O‘zbekistondagi Hizbut Tahrir amirlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Bi-Bi-Sining Islom Abu Halil so‘zlariga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonda Xizbut- Tahrirning 6 mingga yaqin a‘zosi bor deb ko‘riladi.
XS
SM
MD
LG