Линклар

logo-print
Joriy yilning o‘tgan besh oyi mobaynida GM Uzbekistan Rossiyada 20888 dona avtomobil sotdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga kamdir.

Yevropa biznesi assotsiatsiyasi Avtomobilsozlar qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, may oyida korxona Rossiyada 3519 dona avtomobil sotgan, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1 foizga kam.

Agar 2013 yilning yanvar-may oylarida GM Uzbekistan korxonasining Rossiya avtomobil bozoridagi ulushi 2,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil bu ulush 2 foizga tushib qolgan.

Joriy yilning may oyiga kelib O‘zbekistonda chiqarilgan avtomobillar sotilish hajmi bo‘yicha Rossiyada 17-o‘rinni egallagan.

Biroq GM Uzbekistan mahsuli bo‘lgan avtomobillardan birortasi hisobot choragida eng ko‘p sotiladigan 25 avtomobil safidan joy ololmagan. Avvalgi yillarda o‘zbek avtosozlari chiqargan Neksiya va Matiz avtomobillari bu reytingdan tushmay kelgan.
XS
SM
MD
LG