Линклар

Bugun, 23 uyin kuni o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov Braziliyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining "A" guruhidagi Meksika-Xorvatiya uchrashuviga hakamlik qiladi.

Bu 37 yoshli Ravshan Ermatov uchun JCh-2014 doirasida ishonib topshirilgan ikkinchi uchrashuvdir.

Bundan oldin Ermatov Shveysariya va Ekvador jamoalari o‘yinini boshqargandi.

FIFA rasmiy saytida keltirilishicha, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov uchligiga zahira hakami sifatida norvegiyalik Sven Odvar Moyen yordamlashadi.

Meksika va Xorvatiya o'rtasidagi uchrashuvda yevropaliklarning hujumkor o'yin namoyish qilishi, meksikaliklar esa himoya taktikasini qo'llashi bashorat qilinmoqda.

Pley-off bosqichiga chiqish uchun meksikaliklarga durang ham yetarlidir. Xorvatiya uchun esa faqat g'alaba kerak.

O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlariga birinchi marta hakamlik qilayotgani yo‘q.

U 2010 yili Janubiy Afrikada o‘tkazilgan Jahon chempionatining ilk uchrashuviga ham hakamlik qilgan. Shuningdek, o‘sha chempionatning yarim final o‘yinlaridan biri o‘zbekistonlik hakamga ishonib topshirilgan edi.

2-tur uchrashuvlaridan so'ng "A" guruhidagi vaziyat:
JamoalarO'yinlarG'alabaDurangMa'glubiyatGollar
nisbati
Ochkolar
Braziliya 2 1 1 0 3-1 4
Meksika 2 1 1 0 1-0 4
Xorvatiya 2 1 0 1 5-3 3
Kamerun 2 0 0 2 0-5 0

Guguhdagi ikkinchi juftlik - Kamerun va Braziliya o'rtasidagi uchrashuv ham bugun bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG