Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:53

Penzada to‘rt o‘zbek pichoqlandi


O‘zbekistonlik muhojirlar orasida mushtlashuv holatlari tez-tez uchramoqda.
O‘zbekistonlik muhojirlar orasida mushtlashuv holatlari tez-tez uchramoqda.

Rossiyaning Penza shahri Jome masjididan chiqayotgan bir guruh o‘zbek muhojirlari hujumga uchradi. Yuzaga kelgan mushtlashuvda ulardan 4 nafarini pichoqlagan hujumchilar ham o‘zbekistonlik ekani aniqlandi. Ayrim ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘zbek muhojirlari o‘rtasidagi janjal to‘lo‘anmagan ish haqi ustida chiqqan.


18 iyun kuni Penza shahrining Bakunina ko‘chasida joylashgan masjiddan chiqayotgan asli Qirg‘izistonning O‘sh shahridan bo‘lgan bir guruh o‘zbek muhojirlari hujumga uchradi. Ular orasida andijonlik yigitlar ham borligi aytilmoqda. O‘rtada chiqqan mushtlashuv natijasida 4 nafar yigit og‘ir jarohatlar bilan mahalliy shifoxonaga olib ketildi.

Bu xabarni Ozodlikka ma‘lum qilgan o‘shlik Said Usmonga ko‘ra, hujum qilganlar ham o‘zbek yigitlari bo‘lgan.

- Masjiddan to‘rtta o‘zbek yigit chiqayotsa, boshqa oblastdan bo‘lgan o‘zbeklar bilan o‘zaro konflikt bo‘lgan, ular chiqayotganida pichoqlagan. Shuni poylab turishgan ekan. Kecha operatsiya qilibdi bittasini, yaxshiyam o‘lmabdi. Pichoqlanganlarning uchtasi o‘shlik, bittasi andijonlik bollar bo‘lgan. Pichoqlagan bollar qo‘qonlik ekan, pichoqlagan – Sardor ismli qo‘qonlik bo‘lgan. Shu masjiddhning orqasida savdo qiladigan bola ekan. Kecha bordik, “qon kerakmi, nima kerak”, deb shiflxonaga,- dedi Said Usmon.

Suhbatdosh pichoqlangan o‘zbeklardan birining ismi Otabek, andijonlikning esa Mirzohid ekanini bilishini aytdi. U jabrlangan yigitlar 35 yoshgacha bo‘lgani, uch nafari allaqachon Rossiya fuqaroligini olib bo‘lganini bildirdi.

Said Usmon muhojirlar o‘rtasida bunday holatlar tez-tez uchrayotganida mahalliy o‘zbeklar jamiyatlarining befarqligi ham sabab bo‘lmoqda, deydi.

- Bu yerda o‘zbek yigitlari 90 foiz qurilishda ishlaydi. 2013 yilning o‘zida Penza shahrida bunday pichoqlashlardan o‘nta hodisa bo‘lgan. Diaspora bu yerda yordam qilmaydi, kontsert qo‘yadi, pul ishlaydi, lekin birovga yordam bermaydi. Men o‘zbeklar inoq bo‘lsa, hamma ularni hurmat qiladi, deb o‘ylayman. Iloji bo‘lsa akkuratno yurish kerak hamma joyda. O‘z millatini hurmat qilgan odamning millatini boshqalar hurmat qiladi,- deydi Said Usmon.

Ma‘lum bo‘lishicha, yarim milliondan ziyodroq aholi yashovchi Penza shahrida jami 25 ming O‘zbekiston fuqarosi qaydga olingan.

Ozodlikning Penza viloyati bo‘yicha Ichki ishlar boshqarmasiga bu hodisa yuzasidan qilgan murojaatiga mushtlashuv 18 iyuni sodir bo‘lgani, unda markaziy-osiyolik fuqarolar ishtirok etganidan ortiq ma‘lumot bera olmasliklarini bildirishdi.

Penza shahri o‘zbeklar jamiyati sobiq faoli Ibragim Niyozov migrantlar o‘rtasida kelishmovchilik olingan qarz ustida kelib chiqqanini aniqlaganini aytadi.

- Qarz so‘rab, aldab, pulini bermagan ekan. “Kidalovo” bo‘lgan o‘zbeklarni. Bu yerda qarz olgan bola aybdor ekan deyishdi. So‘ygan bolani qamab qo‘yishibdi, hozir izolyatorda ekan. U pul bergan, pulini so‘ragan-so‘ragan, bermaganidan keyin so‘ygan. Hozir to‘rt kishi izolyatorda qolmoqda, to‘rt kishi pichoqlangan shifoxonada, tergov ketyapti,- deydi Ibragim Niyozov.

Ayni paytda, Penza shahar ichki ishlar boshqarmasida roppa-rosa bir yil oldin – 15 iyun kuni – Penzaning Rostov ko‘chasida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida yuragiga pichoq zarbasi olgan 23 yashar o‘zbekistonlik nobud bo‘lganini eslatishdi.

Bu jinoyatda ayblanib, 32 yoshli boshqa o‘zbekistonlik muhojir hibsga olingani aytildi.
XS
SM
MD
LG