Линклар

logo-print

26 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh-Germaniya o‘yiniga o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov hakamlik qiladigan bo‘ldi.

Bu o‘yinda ham unga o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorovlar yordamchilik qiladi.

AQSh va Germaniya komandalari "G" guruhining peshqadam komandalari bo‘lib hisoblanadi.

Bu o‘yin Ermatov guruhi uchun Jahon chempionati doirasidagi uchinchi hakamlik bo‘ladi. Bungacha Ermatov Shveysariya va Ekvador, keyin esa Meksika va Xorvatiya o‘yinlariga hakamlik qilgan.

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov o‘z ishi uchun yuqori ballar olib kelayotgan FIFA hakamlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, uning Meksika bilan Xorvatiya o‘rtasida 14 iyun kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinga hakamligi worldreferee.com sayti vakillari tomonidan 8,5 balga baholangan.

Jahon chempionati o‘yinlariga hakamlik qilayotgan hamkasblari orasida Ravshan Ermatov hozircha uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

XS
SM
MD
LG