Линклар

logo-print

Volgogradda 83 yashar kampirni talon-taroj qilgan, zo‘rlagan va o‘ldirganlikda ayblanib O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Ma‘lumotlarga qaraganda, u oldinroq boshqa bir ayolni pichoqlab ketgan va so‘nggi qurboni uyida yashirinib yashayotgan edi.

2014 yilning 21 iyunida Volgograd viloyati, Nikolayev tumani, Lenin qishlog‘idagi hovlilardan birida 83 yashar mahalliy ayol murdasi topildi.

Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga binoan, keksa ayol og‘ir tan jarohatlari va bo‘g‘ilishdan o‘lganini Ozodlikka Rossiya Tergov qo‘mitasining Volgograd viloyati bo‘yicha boshqarma rasmiysi, adliya kapitani Nataliya Kunitskaya tasdiqladi.

Tergov qo‘mitasi vakili izquvarlar jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxsni oradan bir kun o‘tmayoq qo‘lga olganini ma‘lum qildi.

- U migrant, O‘zbekiston fuqarosi ekani, Volgograd viloyati hududida qonunan yashab kelayotgani aniqlandi. U bu kampirnikida boshqa bir ayolni pichoqlab qo‘ygani uchun yashirinib o‘tirishni rejalashtirgan ekan. 20 iyun kuni kechki payt ayblanuvchi o‘z tanishlari bilan shu yerdagi uylardan birida aroq ichib o‘tirgan. Mastlikda chiqqan janjal oqibatida bu shaxs uni haqorat qilgan ayollardan birini pichoqlab qo‘ygan va jinoyat joyidan qochgan. Oldinroq u 83 yoshga kirgan bir kampirdan xona ijaraga olgan ekan – shu yerga qochib kelgan, deya hodisa tafsilotlarini gapirib berdi Nataliya Kunitskaya.

Tergovchilarga ko‘ra, keksa ayol 30 yoshli bu o‘zbekistonlikni uyiga kirgizgan. U kampir katta miqdorda pulni yashirayotganini ko‘rib qolgan va kampirning uyquga ketishini kutgan.

“O‘g‘irlik qilayotgan paytda u uyg‘onib qolgan nafaqaxo‘r ayolga tashlangan, uni zo‘rlagan, keyin bo‘g‘ib o‘ldirgan va o‘likni omborga yashirib ketgan, deb gumon qilyapmiz”, dedi Volgograd tergov qo‘mitasi rasmiysi.

- 23 iyun kuni u hibsga olindi. Unga nisbatan tergovchi da‘vo arizasiga binoan sud tomonidan qamoqqa olish chorasi qo‘llanildi. Ayblanuvchi Nikolayevsk shahrida ushlandi. Hozir sodir etgan jinoyatlariga to‘liq iqror bo‘ldi, dedi tergov davom etayotganini gapirgan Rossiya Tergov qo‘mitasining Volgograd viloyati bo‘yicha boshqarma xodimi Nataliya Kunitskaya.

Volgograd viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi sodir etilgan jinoyat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 105 moddasi 1 bandi (qotillik) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ozodlik Rossiyadagi mehnat muhojirlari tomonidan sodir etilayotgan boshqa zo‘rlash holatlari haqida ham xabar bergan.

Rossiya tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Vadim Yakovenko so‘nggi yillarda muhojirlar tomonidan sodir etilayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar soni keskin oshib ketgani qayd etilganini may oyida ma‘lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG