Линклар

Kanadada yashayotgan taniqli jurnalist Ismat Xushev o‘zining “Dunyo o‘zbeklari” saytida 25 iyun kuni e‘lon qilgan maqolasini mana bu xabar bilan boshladi: “Hozirgina bizga yetib kelgan ishonchli manba xabariga ko‘ra bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov «Chorvoq»dagi «Qaynarsoy» rezidentsiyasida o‘ziga yaqin bo‘lgan bir guruh mulozimlar bilan «Ozodlik» radiosida e‘lon qilingan o‘zi haqidagi maqola va audio suhbatlar matni bilan tanishgan.

Manba xabariga ko‘ra Prezidentga Shuhrat Bobojonov qalamiga mansub maqolani o‘qib berishmoqchi bo‘lishganida, u avval eshittirishda ishtirok etgan jurnalist va muxolifat liderlari, davlat va jamoat arboblarining jonli suhbatini qo‘yib berishlarini iltimos qilgan”.

O‘zbekiston rahbarining Ozodlikni eshitishi, printsipda, hayron qoladigan gap emas. 25 yildan beri o‘zi boshqarib kelayotgan mamlakat hayotini yoritayotgan radioni eshitadi-da, axir!

Lekin, Ismat Xushevning fikricha, Islom Karimovning Ozodlikni eshitishi – voqea.

Nimasi voqea buning?

“Dunyo o‘zbeklari” bosh muharririni OzodNazarga shu savolni berish uchun taklif qildik.

“O‘zbekistonimizni juda katta yangi inqilobiy o‘zgarishlar kutayotganligini hamma bilib, shunga ruhan tayyorgarlik ko‘rib turishi kerak degan fikrni aytmoqchiman”

O‘z vaqtida Oq Saroy yo‘laklari gilamini bosgan, o‘zining aytishicha, qator kunlar Islom Karimov bilan bir dasturxonda o‘tirgan Ismat Xushevdan Prezident, odatda, informatsiyani qayerdan olishiniyam so‘radik.

Suhbat yakunlanayotgan soniyalarda Ismat Xushev “O‘zbekistonimizni juda katta yangi inqilobiy o‘zgarishlar kutayotganligini hamma bilib, shunga ruhan tayyorgarlik ko‘rib turishi kerak degan fikrni aytmoqchiman”, deb yuborganini keyin, suhbatni efirga tayyorlayotib ilg‘adikki, gap qanday inqilob haqida ketayotganini keyingi gal so‘raymiz.

Ismat Xushevning OzodNazarini tinglang.

XS
SM
MD
LG