Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:43

JCh-2014: Rossiya chempionatni tark etdi, Suares 4 oyga chetlatildi


Braziliyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida guruhlardagi o‘yinlar yakunlandi.

"H" guruhida Jazoir bilan 1:1 hisobida o‘ynagan Rossiya yetarlicha ochko to‘play olmagani munosabati bilan Jahon Chempionatini tark etdi. Mazkur guruh doirasidagi ikkinchi o‘yinda Belgiya Janubiy Koreyani 1:0 hisobida yutib oldi.

"H" guruhida 9 ochko bilan Belgiya birinchi, 4 ochko bilan Jazoir ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiya esa 2, Janubiy Koreya 1 ochkoga ega bo‘lgan.

Final o‘yinlarining 1/8 bosqichida Jazoir Germaniya bilan, Belgiya AQSh bilan maydonga tushadi. Mazkur bosqichda Kolumbiya – Urugvay, Gretsiya – Kosta-Rika, Braziliya – Chili, Gollandiya – Meksika, Argentina – Shveytsariya hamda Frantsiya – Nigeriya bilan bellashadi.

Luis Suaresga 111 ming dollar jarima solindi

Urugvay futbol terma jamoasi hujumchisi Luis Suares o‘yin paytida Italiya jamoasi himoyachisi Jorjo Kellinining yelkasini tishlab olgani uchun 9 ta o‘yindan chetlatildi.

FIFA Suaresga, shuningdek, 111 ming dollar jarima soldi hamda 4 oy mobaynida futbol bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlatdi.

Suares Urugvay - Italiya matchining 78-daqiqasida Kellinini tishlab olgan edi. Mazkur o‘yin 1:0 hisobida Urugvay g‘alabasi bilan yakunlangan.

XS
SM
MD
LG