Линклар

Internetda paydo bo‘lgan videoda 20ga yaqin qurollangan yoshlar tog‘li hududlarda turli qurollardan foydalanishni o‘rganayotgani tasvirlangan.

Afg‘onistonda ekanini iddao qilayotgan guruh a‘zolari qishu-yozda mashqlarni bajarayotgani, jismoniy tayyorgarligini oshirayotganini ko‘rish mumkin. Maska kiygan jangarilardan biri rus tilida jangchilarni u yoki bu quroldan foydalanishni o‘rgatayotgani tasvirlanadi. Yuzini yashirib olgan guruh a‘zolaridan biri granatomyotdan otib, ekranga qarab, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga murojaat qiladi: “Bizning kelishimizni va Tojikistonda dindan qaytganlarni o‘ldirishimizni kutib tur. Bu mashqlarni biz tojikistonlik dindan qaytganlarni yo‘q qilish uchun olib borayapmiz.”

"Ansorulloh" tarqatgan videodan olingan surat.

"Ansorulloh" tarqatgan videodan olingan surat.

Bir soatcha davom etadigan videotasma uzra jangarilarni ulug‘lovchi tojik tilidagi qo‘shiqlar yangraydi. Mutaxassislar tojikistonlik bu yigitlar anchadan buyon Afg‘onistonda yashayotgani, zero ko‘plab afg‘oncha so‘zlarni ishlatayotganini taxmin qiladi.

Tojikiston parlamentining xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Amirqul Azimov 25 iyunь kuni qilgan chiqishida “Ansorulloh” jangarilari tahdidlariga: “Tojikiston har qanday do‘q-po‘pisalarga qarshi tura olishi, mamlakat armiyasi “Ansorulloh”mi, boshqa terrorchilik guruhi hujumini qaytara olish qudratiga ega”, deb munosabat bildirdi.

O‘zbekiston islomiy harakatining Karachi aeroportiga hujum uyushtirgani iddao qilinaëtgan 10 nafar xudkush a‘zosi.

O‘zbekiston islomiy harakatining Karachi aeroportiga hujum uyushtirgani iddao qilinaëtgan 10 nafar xudkush a‘zosi.

Harbiy mutaxassislar esa "bu tarzda berilgan bayonotlarga jiddiy yondashuv kerak", degan fikrni aytmoqda.

E‘tiborli tomoni, bu video Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik xizmati rasmiylarining xalqaro terrorchilik tashkilotlari Markaziy Osiyo hududida faollashayotgani, turli ittifoqlarni tuzayotgani to‘g‘risida bergan bayonoti bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘ldi.

Jumladan, Tojikiston Milliy xavfsizlik xizmati vakili Umed Nazarov 12 iyunь kuni Dushanbeda Rossiya ekspertlari bilan hamkorlikda uyushtirilgan matbuot anjumanida, Afg‘oniston shimolidagi Tojikiston bilan chegaradosh hududlarda terrorchi guruhlar to‘planayotgani borasida operativ ma‘lumotlar borligini aytgan.

O‘marali Toshpo‘lotov va Komiljon Qo‘lboshev.

O‘marali Toshpo‘lotov va Komiljon Qo‘lboshev.

​Xavfsizlik xodimi Afg‘onistonning Imom Sohib, Dashti Archa, Chahordara, Xo‘jag‘or, Yangi Qal‘a, Jirm, Yumg‘on, Arganjho tumanlari, Qunduz, Tahor va Badaxshon viloyatlarida O‘zbekiston Islomiy harakati, “Ansorulloh”, “Ittihode jihodi islomi”, “Jundulxalifa” hamda toliblarning mahalliy firqasi faolligi keskin oshgani qayd qilinganini aytdi.

Ayni paytda, joriy yilning 22 iyunь kuni Qunduz viloyati xavfsizlik xizmati tomonidan Tojikistonga “Tolibon” harakati safida jang qilgan ikkita tojikistonlik o‘zbek - O‘marali Toshpo‘lotov va Komiljon Qo‘lboshevlarni topshirilgani ma‘lum. Bu xususda tojikistonlik xavfsizlik xizmati xodimlari Tojikiston bilan bo‘lgan afg‘on chegarasida faqat bitta millatga mansub shaxslarni yollayotganini iddao qildi.

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasi uzunligi qariyb 1400 km tashkil etadi. Chegaraning asosiy qismini jangarilar guruhlarining osonlik bilan kirib-chiqishiga imkon yaratuvchi murakkab relьefli tog‘li hududlar tashkil etadi
.

XS
SM
MD
LG