Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:30

“Qirg‘iz bo‘lmagan ba‘zi hojilardan 1000$ ortiqcha olinayotgani – bor gap”


Qirg‘iziston Prezidenti huzuridagi Diniy va millatlararo kengash a‘zosi Sodiqjon hoji Kamoliddin.
Qirg‘iziston Prezidenti huzuridagi Diniy va millatlararo kengash a‘zosi Sodiqjon hoji Kamoliddin.

- Keyingi paytlarda islomchilar ommaviy axborot vositalari orqali Qirg‘izistonni islom davlatiga aylantirishga chaqiriqlarni tarqatmoqda. Bu, albatta, yoshlarga salbiy ta‘sir qiladi. Ularga barcha masalalarni islomiy boshqaruv yoki xalifalik o‘rnatilganida hal qilish mumkin, degan fikr uqtirilmoqda.

Bu gapni Qirg‘iziston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi rahbari O‘ro‘zbek Mo‘ldaliyev 25 iyunь kuni, Prezident Atambayevning qabulidan chiqqanidan so‘ng, Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga aytdi.

Mo‘ldaliyevga ko‘ra, Prezident bilan urashuvda davlatning diniy sohadagi siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan Mudofaa kengashi qarorini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, Haj safarini uyushtirishda korruptsiyaning oldini olish chora-tadbirlari haqida ham so‘z bo‘lgani aytildi.

Qirg‘iziston Prezidenti bilan shu mamlakat Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi rahbari o‘rtasida muhokama qilingan masalalarga oid savollarni OzodNazar eshittirishi islom olimi, Qirg‘iziston Prezidenti huzuridagi Diniy va millatlararo kengash a‘zosi Sodiqjon hoji Kamoliddinga berdi.

Sodiqjon hoji Kamoliddinning OzodNazarini tinglang:

XS
SM
MD
LG