Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:45

JCh-2014: Braziliya chorak finalda Kolumbiyaga qarshi o‘ynaydi


Braziliyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempinatining nimchorak finalida mezbon jamoa Braziliya Chili ustidan g‘alaba qozonib chorak finalga chiqdi.

1:1 hisobida yakunlangan o‘yinda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Kolumbiya esa nimchorak final bosqichida Urugvay jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi ikkala golga ham Kolumbiyaning 22 yoshli yarim himoyachisi Xames Rodriges mualliflik qildi.

Urugvay jamoasi nimchorak final o‘yinini o‘zining yulduz hujumchisi Luis Suaressiz o‘tkazdi.

Avvalroq, Xalqaro futbol federatsiyasi Suaresni Italiya jamoasi himoyachisi Jorjo Kellinining yelkasini tishlab olgani uchun Jahon chempionatining 9ta o‘yinidan chetlatgandi.

Urugvay jamoasi bosh murabbiysi Oskar Tabarez Xalqaro futbol federatsiyasini Suaresga “haddan ziyod oshig‘ich jazo” belgilagani uchun tanqid qilgan.

Braziliya va Kolumbiya jamoalari ishtirokidagi chorak final uchrashuvi 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 29 iyun kuni nimchorak final bosqichi doirasida Gollandiya-Meksika va Gretsiya-Kosta Rika juftliklari bellashadi.

Eslatamiz, Braziliyadagi futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak finaliga 16 jamoa chiqqan.

Bular AQSh, Argentina, Belgiya, Braziliya, Germaniya, Gretsiya, Kolumbiya, Meksika, Kosta-Rika, Nigeriya, Frantsiya, Xollandiya, Shveytsariya, Jazoir, Urugvay, Chili jamoalaridir.

XS
SM
MD
LG