Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 22:54

MTS masalasida hali konkret qaror yo‘qligi aytilmoqda


MTS uyali telefon operatorining O‘zbekistonga qaytishi borasida hali konkret qaror olingani yo‘q.

Bu haqda 12news.uz axborot nashri O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mtasidagi manbaasiga asoslanib xabar qildi.

12news.uz vazirlikdagi manbaaning “bu masalada hali hech qanaqa hukumat qarori yo‘q”, - degan so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Avvalroq, Interfaks axborot agentligi Rossiya hukumatidagi o‘z manbalariga tayanib¸ O‘zbekiston hukumati MTS shirkatining mamlakat mobil aloqa bozoriga qaytib¸ o‘z faoliyatini tiklashiga ruxsat bergani haqida xabar qilgan edi.

Ozodlik bilan suhbatda MTSning Moskvadagi bosh idorasi rasmiylari¸ hozircha O‘zbekiston hukumatining bunday qaroridan bexabarliklari va shu bois uni sharhlay olmasliklarini ma‘lum qilgandilar.

XS
SM
MD
LG