Линклар

Argentina va Belgiya futbol jamoalari Shveysariya hamda AQSh jamoalarini mag‘lub etib, futbol bo‘yicha Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘llanma oldi.

Argentina - Shveysariya o‘yini 1:0, Belgiya - AQSh o‘yini 2:1 hisobida yakunlandi.

Chorak final o‘yinlari 4 iyul kuni boshlanadi. Mazkur bosqichda Fransiya Germaniyaga qarshi, Braziliya esa Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

Argentina va Belgiya o‘yini 5 iyulda o‘tkaziladi. Shu kuni Gollandiya Kosta-Rika jamoasi bilan musobaqalashadi.

XS
SM
MD
LG