Линклар

Blog: O‘zbek qo‘ymi, bo‘rimi?

  • Сарвар Усмон

“Qurollangan rusparast ayirmachi o‘zbekistonlik Baxtiyor Severskdagi ko‘chalardan birini nazorat qilmoqda”.

“Qurollangan rusparast ayirmachi o‘zbekistonlik Baxtiyor Severskdagi ko‘chalardan birini nazorat qilmoqda”.

O‘tgan haftada matbuotda donetsklik separatchilar safida Ukrainaga qarshi kurashayotgan o‘zbek yigitining fotosurati paydo bo‘ldi.

Surat ostida mana bu yozuv berilgan: “Qurollangan rusparast ayirmachi o‘zbekistonlik Baxtiyor Severskdagi ko‘chalardan birini nazorat qilmoqda”.

Bu fotoxabar ko‘nglimda anchadan beri g‘imirlab yurgan bir savolni muayyan bir shaklga soldi.

***

Sarlavhaga chiqarilgan savol javobini topmoqchi esangiz, blogimni o‘qimang, vaqtingiz behuda ketmasin: javob yo‘q.

Bu blog sarlavhaga chiqarilgan savol genezisi in‘ikosidir (uzr, aqlli so‘z ishlatgim kepketti, “savol qattan paydo bo‘pqoganini aytmoqchiman” demoqchiman)

Maqsadga o‘tishdan oldin yana bir ogohlantiruv: o‘zbek - qo‘y, degan fikrda bo‘lsangiz, deng, men uni bo‘ri demoqchi emasman.

(5 – 6 yil oldin bir jurnalist Toshkentda o‘zi yashaydigan mahalla majlisida “o‘zbeklar qo‘y” deb qo‘yib, mahalladan badarg‘a bo‘lib ketishiga bir bahya qolgan edi)

Aksincha, o‘zbek – bo‘ri, degan fikrda bo‘sangiz ham, deyavering, osh bo‘lsin, men uni qo‘y demoqchimasman.

Mana, endi asosiy gapga o‘tamiz.

O‘tgan haftada matbuotda donetsklik separatchilar safida Ukrainaga qarshi kurashayotgan o‘zbek yigit Baxtiyorning fotosuratini e‘lon qilindi.

Baxtiyor Kiyevga qarshi qo‘liga qurol olgan bir paytda boshqa bir o‘zbekistonlik - Shavkat Muhammad Kiyevning Yevromaydonida birinchi kundan boshlab qo‘zg‘olonchilar safida turdi.

O‘zi uchun, o‘zbek uchun o‘zga yurt – Ukrainada bir-biriga qarshi turgan Baxtiyor bilan Shavkat ikkalovi qo‘ymi, bo‘rimi?

Ukrainadan Suriyaga o‘tamiz.

Mana bu mavzudosh 10 dan ziyod xabarimizdan uchtasininggina boshlamasi:

O‘zini mujohid Abu Usmon O‘zbek, deb tanishtirgan o‘zbekistonlik WhatsApp orqali Ozodlikka yo‘llagan videodan olingan surat.

O‘zini mujohid Abu Usmon O‘zbek, deb tanishtirgan o‘zbekistonlik WhatsApp orqali Ozodlikka yo‘llagan videodan olingan surat.

2014 ning 24 marti: Suriyaga oilasi bilan borayotgan jihodchi o‘zbeklar ko‘paymoqda. Turkiyalik huquq faollari Suriyadagi jihodchi o‘zbeklar soni 3-3 yarim ming kishiga yetganini taxmin qilmoqda.

2014 ning 6 iyuni: Suriyada halok bo‘lgan jihodchilar orasida bir o‘zbek ham bor.

2013 ning 25 iyuni: Suriyadagi jangda o‘lgan o‘zbekistonlikka Turkiyada janoza o‘qildi.

O‘zi uchun, o‘zbek uchun o‘zga yurt – Suriyada yurgan o‘zbeklar qo‘ymi, bo‘rimi?

Savol javobi ustida o‘ylarkansiz, Pokiston bilan bog‘liq mana sarlavhalarimizni eslatmoqchiman:

O‘zbekiston islomiy harakatining hozirgi amiri Usmon G‘oziy.

O‘zbekiston islomiy harakatining hozirgi amiri Usmon G‘oziy.

Pokiston harbiylari hujumida toliblarning o‘zbek qo‘mondoni o‘ldi.

Pokiston hukumati "o‘zbek jangarilari" istehkomlarini nishonga olishda davom etmoqda.

Shimoliy Vaziristonda qurshovga olingan O‘IHning 105 jangarisi o‘ldirildi.

Karachi aeroportiga hujum qilganlarning aksari o‘zbeklar bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

O‘zi uchun, o‘zbek uchun o‘zga yurt – Pokistonda yurgan yuzlab, balki minglab o‘zbeklar qo‘ymi, bo‘rimi?

Gapni cho‘zib, Afg‘onistondagilarini, Chechenistonda bo‘lganlarini gapirmayapman.

Albatta, Siz ularni bo‘ri deyapsiz, hozir. To‘g‘ri-da, qanday qo‘y bo‘lsin ular?! Axir ular o‘limdan qo‘rqmayapti, o‘limga tik qarayapti!

Lekin bo‘rilikda sharaf bormi?

O‘zbek qo‘rqmas kishini sher, degich edi, arslon, degich ediku, axir!

Siz ularni sher deya olasizmi? Arslon, deya olasizmi?

Istasangiz, bu savollar ustida mustaqil o‘ylarsiz. Mening fikrimni bilgingiz kelsa, aytay: Ukraina, Suriya, Afg‘onistonu Pokistonda yurganlar, motivatsiyalari qandayligidan qat‘inazar, men uchun bo‘ridir, sher yoki arslon emas.

Lekin bugun gap bu haqda emas.

Meni boshqa narsa o‘ylantirayapti.

Nima uchun Ukraina, Suriya, Afg‘onistonu Pokistonda o‘limga tik qarayotgan, o‘limga tik qarashga qo‘rqmayotgan o‘zbek o‘z ona yurtida chiroq yonmayotgani, gaz yo‘qligi, ko‘mir qimmatligi kabi elementar maishiy muammolar haqida gapirishga, gapirsayam ismini aytishga qo‘rqadi?

Fikrimning isbotini saytimizdagi deyarli har bir maqoladan topasiz.

Nima uchun o‘zbek tuman hokimi bir yoqda tursin, mahalla ellikboshisining ko‘ziga tik qarolmaydi?

O‘sha Ukraina, Suriya, Afg‘onistonu Pokistonda yurgan yuzlab, minglab o‘zbeklar birdan qishlog‘iga qaytib qolsa, qishlog‘idagi men aytgan muammolarni aytarmidi?

Gumonim bor aytishlariga.

Men shuni tushunmayapman.

Qanday qilib bir kishining ichida ham qo‘y, ham bo‘ri yashashi mumkin?

Men shuni tushunmayapman.

Xo‘sh, o‘zbek qo‘ymi, bo‘rimi?

Lekin o‘zimni qiynagan bu savolning bir javobini aniq bilaman: qo‘ylikda ham, bo‘rilikda ham sharaf yo‘q.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG