Линклар

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Fransiyada muslulmon ayollarning yuziga niqob taqib yoxud burqada yurishni taqiqlash haqida 2011 yilda hukumat qabul qilgan qarorni o‘z kuchida qoldirdi.

Fransiyalik 24 yashar ayol mazkur ta‘qiq o‘zining din erkinligi huquqiga zid ekani iddaosi bilan Strastburg shahridagi sudga murojaat qilgan.

Yevropa sudiga shikoyat qilgan ayol Fransiyada o‘ziga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishlari mumkinligi vajidan o‘z ismi oshkor etilmasligini so‘ragan.

Fransiya hukumati qabul qilgan qonunga muvofiq jamoat joylarida yuziga niqob taqib yurgan ayollar 150 yevro (205 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortiladi.

Fransiya hukumati qarori ortidan Belgiya va Shveysariyaning ayrim hududlarida ham musulmon ayollarning jamoat joylarida burqada yurishi taqiqlangan.

XS
SM
MD
LG