Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:33

Jizzax politexnika institutida abituriyentlarni sarson qilishyapti


Sarlavhaga chiqarilgan gap tinglovchilarimizning biridan kelgan xatning birinchi jumlasidir. Abituriyentning maktubini OzodMaktub rukni ostida berishga qaror qildik. Balki Jizzax politexnika instituti rahbariyati xatda hikoya qilingan holatni o‘rganib chiqib, kerakli chorani ko‘rar?

Abituriyentning xatini o‘qing:

Jizzax politexnika institutida abituriyentlarni sarson qilishyapti. Ulardan hujjat topshirishdan avval tushgan suratlarini qabul qilmasdan institut yonidagi rasmxonada rasmga tushib kelishlarini talab qilishayapti. Bo‘lmasa hujjatini qabul qilishmayapti.

Men o‘zim o‘sha yerda rasmga 3 marta tushdim. Hujjat topshirishdan avval rasmga tushgandim. Kelsam "Bu rasm bo‘lmaydi. Orqa tarafdagi rasmga tushadigan joyda tushib kel", dedi.

Bordim. Rasmga tushib olib kelsam "Bu rasmxonamas podvaldagi rasmxonadan", deb yana qaytardi. Oxiri o‘sha rasmxonani topib, rasmga tushib olib keldim

Meniku pulim bor, tushaman. Lekin viloyatlardagilar nima qiladi?

Hujjatimni topshirdim. Birinchi borganingizda hujjat topshirishdan avval hujjatlaringizni ko‘zdan kechiradi. Kamchilik bo‘lsa aytadi.

O‘shalar aytyapti "bu olib kelgan rasming bo‘lmaydi", deb. U odamlar almashib turadi. Hammani qaytaryapti "bu rasming bo‘lmaydi¸ orqa tarafdagi rasmxonadan tushib kel", deb.

O‘sha aytayotganlar qo‘liga rasmni ham olib olgan, mana shu rasmdan bo‘lishi kerak, obrazets, deb.

Tinglovchining xatini o‘qidingiz. Muallif ismini yozmasligimizni so‘ragan.

XS
SM
MD
LG