Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:10

Penzada o‘zbek muhojirlarini tuproq bosib qoldi


Rossiya qurilishlarida nobud bo‘layotgan o‘zbek muhojirlari ko‘payib bormoqda¸ ammo ular aniq sonini hech kim bilmaydi.
Rossiya qurilishlarida nobud bo‘layotgan o‘zbek muhojirlari ko‘payib bormoqda¸ ammo ular aniq sonini hech kim bilmaydi.

1 iyul kuni Penza shahridagi tibbiy preparatlar ishlab chiqaruvchi korxonada chuqur kovlayotgan ikkita o‘zbekistonlik ishchini tuproq bosib qoldi. Hodisa joyida bo‘lganlar o‘pirilgan yer ostidan muhojirlardan birini tirik chiqarib olgan, 22 yashar yana biri esa nobud bo‘lgan.

Hayotjon endi ishga chiqqan edi..."

Shu yilning 1 iyul kuni Penza shahrining Shuist tumanida joylashgan “Biosintez” preparatlar ishlab chiqaruvchi korxonada olib borilayotgan ta‘mirlash ishlari paytida 1992 yilda tug‘ilgan qo‘qonlik Hayotjon Maqsudov halok bo‘ldi.

“Bu yigitlar bu voqeadan bir hafta oldin Rossiyaga kirib keluvdi”, deydi Hayotjonning amakisi Bekzod:

- O‘sha kuni endi birinchi kuni ishga chiqishgan edi. Ularni ta‘mirlash ishlariga chaqirishgan. Kuniga ming rubldan ishlashga kelishishgan. Bular devor buzgan. Lekin Rinat ismli prorab ularni chaqirib, “Chuqur kovlaysan!”, degan. Bular truba ochgan ekan – chuqur hovlida bo‘lgan. Bular “Kovlamaymiz!”, desa o‘rislar baqiribdi “Oyliklaringni bermaymiz, tushasan”, deb. Belidan arqon bog‘lab tushiribdi yamaga. Pastda ishlayotganda tuproq ko‘chib ketib, ustiga tushgan. Ishlayotgan pochchamni tortib olishgan, ikkinchisi – jiyanimning arqoni uzilib ketib, qolib ketgan. 20 minut - yarim soatda kovlab olishgan, lekin allaqachon kech bo‘lgan, deya hodisa tafsilotlarini gapirib berdi Bekzod.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:45 0:00
Бевосита линк

Tuproq ostidan qutqarib olingan 34 yashar qo‘qonlik Yo‘ldoshev Sobirjon¸ guvohlarga ko‘ra¸ yarim soat hushsiz yotganidan so‘ng o‘ziga kelgan va hozirda uning ahvoli barqarorlashgan. Yana bir o‘zbekistonlik muhojirning ish beruvchi buyrug‘iga bo‘ysunmasdan, xavfli bo‘lgani bois chuqurga tushishdan bosh tortgan va chetdan turib kuzatib turgani aytilmoqda.

22 yashar qo‘qonlik marhum jasadining¸ “Biosintez” korxonasi hisobidan 4 iyul kuni vataniga jo‘natilishi kutilmoqda.

"Ishni yopdi-yopdi qilishmoqchi"

O‘zbek muhojirining o‘limi bilan bog‘liq hodisani o‘z kuzatuviga olgan Penza shahar “O‘zbeklar jamoasi” tashkiloti rahbari Satimboy Berdiyev¸ fojiaga xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani va Hayotjonning nolegal muhojir ekanini bila turib ishga yollagan ish beruvchilar aybdor¸ degan fikrda.

Ozodlik bilan suhbatda Berdiyev viloyat miqyosida katta nufuzga ega bo‘lgan “Biosintez” tashkiloti “ishni yopdi-yopdi” qilishga urinayotganini gapiradi:

- Rossiyaga kirib kelganiga 4-5 kun bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan. Ular umuman boshqa ishga chaqirilgan, lekin chuqur qazishga tushurgan. Bolalar qo‘rqib tushmagan. Shunda ish beruvchi tushmasa pul bermasligini aytgan. Shu masala bo‘yicha biz hozir prokuraturaga, boshqa idoralarga chiqayapmiz. Zavod juda katta rus biznesmeniga qarashli, juda nufuzli odam. Ular o‘likni jo‘natishga ketadigan yo‘l xarajatlarini beramiz degan, xolos. Bu yigit uylanish uchun pul ishlagani Rossiyaga kelgan ekan. Bular hozir “baxtsiz hodisa ro‘y berdi¸ o‘zi ko‘chada borayotib chuqurga tushib ketgan” deb, yopti-yopti qilmoqchi. Bular aslida jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak! Bir odam o‘lib ketadiyu, hech kim javob bermaydimi?! deydi Penza o‘zbeklar jamoasi rahbari.

Ayni paytda¸ odatda o‘zbek muhojirlariga aloqador hodisalarni shov-shuv qilishga o‘rgangan mahalliy matbuotning Hayotjon o‘limi to‘g‘risida sukut saqlagani kuzatilmoqda.

Bu voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan-ochilmagani xususida Ozodlik so‘roviga javob bergan Penza viloyati bo‘yicha Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiylari O‘zbekiston fuqarosi o‘limi yuzasidan “surishtirish ishlari olib borilayotgani, jarayonning bir oycha davom etishi mumkinligi”ni bildirishdi:

- O‘zbekiston fuqarosi o‘limi yuzasidan tergovoldi surishtiruv, albatta, olib borilayapti. O‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Jinoiy ish qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atmaslik masalasi keyingi bir oy davomida hal etiladi, shu sababli jinoiy ish ochilmagan, dedi Penza viloyati bo‘yicha Rossiya tergov qo‘mitasi axborot markazi rahbari¸ adliya kapitani Lyudmila Fomina.

"Zavod egasi - Putinning tanishi!"

Aniqlanishicha, “Biosintez” OAJi turli biopreparatlar va dorivor moddalarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Rossiyaning eng yirik korxonalar o‘nligiga kiradi. Korxona egasi, tadbirkor Boris Shpigelning Rossiyadagi eng badavlat odamlardan biri ekani, uning prezident Vladimir Putin bilan shaxsiy tanishligi borligi aytilmoqda (ko‘pchilikka Boris Shpigel ko‘proq Rossiya estradasi yulduzi Nikolay Baskovning qaynotasi sifatida tanilgan). Shuningdek, Boris Shpigel Rus tilida so‘zlashuvchi yahudiylar butunjahon kongressi prezidenti, Rossiya Federatsiya kengashi a‘zosi hamdir.

“Biosintez” preparatlari MDHning barcha mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonga ham eksport qilinadi.

XS
SM
MD
LG