Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 15:24

O‘zbek qorilari xalqaro hofizlar musobaqasida qatnashadi


AQShdagi masjid o‘zbek qorilarini kutmoqda
AQShdagi masjid o‘zbek qorilarini kutmoqda

Namangan shahar bosh imom xatibi Musoxon qori Abbosiddinov ramazon oyida o‘tkaziladigan Qur‘on hofizlari musobaqasida qatnashish uchun Ukrainaga jo‘nab ketdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ Musoxon qorini Ukraina musulmonlari taklif qilgan.

Manbaning aytishicha¸ namanganlik imom qorilar konkursidan tashqari Ukraina musulmonlariga diniy marosimlarni o‘tkazishda ko‘mak bermoqda. Manbaga ko‘ra¸ bu ko‘mak taroveh nomozlarini ado etish va iftorliklarda amru-ma‘ruf qilishdan iborat.

Din ishlari qo‘mitasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ mazkur qo‘mitaning chet ellar bilan ishlash bo‘limiga bu yil o‘zbek qorilari uchun chet ellardan taklifnomalar kelgan:

- Ayniqsa¸ namanganlik qorilar uchun taklif ko‘p keladi. Ular taklif qilingan mamlakatlardagi masjidlarda ramazon oyi uchun maxsusan hatmi Qur‘on qilishadi. Qorilarimizning qur‘onni zo‘r nafas bilan bexato o‘qishliklari chet davlatda ham mashhur bo‘lgan¸ deydi Ozodlik manbasi.

Manbaga ko‘ra¸ ramazon arkonlarini ado etishda ko‘mak berish uchun AQShdan ham taklifnoma bo‘lgan:

- Endi AQShga safarning ma‘suliyatini inobatga olib okean ortidagi yurtga O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi” xodimi Farrux qori Xudoyberdiyevni jo‘natdik. Kuni-kecha yetib borib AQSh musulmonlarini hidoyatga chaqirishlik kabi savob ishni boshlab yubordilar¸ deya bildirdi Din ishlari qo‘mitasidagi Ozodlik manbasi.

Manbaning aytishicha bu yil Rossiyada ham o‘zbek qorilariga talab katta bo‘lgan:

- Rossiyaga talab ko‘p bo‘lsa ham¸ ikki kishi yuborishlikni ma‘qul ko‘rdik. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Mirodil qori Haydarov va Chilonzor tumani “Qatortol” masjidi imom xatibi va bir paytning o‘zida Toshkent islom universiteti bitiruvchisi Abror qori Alimovlar hozir shu kunlarda Rossiya masjidlarida taroveh va xatmi-Qur‘on o‘tkazish ishlariga ko‘mak berishmoqda¸ deydi suhbatdosh.

O‘zbek qorilari estafeta boshida

O‘tgan yilgi Quvayt xalqaro Qur‘on musobaqasida o‘zbek qorilari ham ishtirok etgan edi.

Quvaytning Janubus–surra mintaqasida Xalqaro islomiy jamg‘arma tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro Qur‘on musobaqasida 56 davlatdan kelgan 104 qori orasida o‘zbekistonliklar ham bor edi.

O‘zbekistondan Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasidagi Ozodlik manbasining aytishicha qo‘mita tavsiyasi bilan yuborilgan ikki qori Quvayt ulamolarining olqishiga sazovor bo‘lgan:

- Bu ikkita qorimizdan bir Qoraqalpog‘iston respublikasi Ahmad al–Beruniy o‘rta maxsus Islom bilim yurtining 3–bosqich talabasi Nuriddinov Yo‘ldoshboy tilovat yo‘nalishi bo‘yicha qatnashdi. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti 1–bosqich talabasi Nabiyiddin Jalilov hifz yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib sovringa sazovor bo‘ldi¸ deydi suhbatdosh.

O‘tgan yili Moskva va Parij shahrida o‘tgan Qur‘on hofizlari musobaqasida ham o‘zbek qorilari peshqadam bo‘lgani aytiladi.

Gastarbayter imomlar

Rossiyadagi masjidlarning 80 foizida o‘zbekistonliklar imom vazifasida ishlaydi, deb bildirdi Ozodlikning Moskvadagi muxbiri Umidbek. Suhbatdoshga ko‘ra ko‘p hollarda Rossiya masjidlaridagi o‘zbek imomlari FMS ruxsati bo‘lmagani uchun norasmiy tarzda imomlik qilishadi:

- Imomlik lavozimi daftarda Rossiya fuqarosining nomiga qayd etiladi¸ amalda esa o‘zbek imomi asosiy ishni bajarib oylik oladi¸ deydi Ozodlikning Moskvadagi muxbiri Umidbek.

O‘zbekistondan Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasidagi Ozodlik manbasining ta‘kidiga ko‘ra¸ O‘zbekiston mehnat vazirligi va Din ishlari qo‘mitasidan izn olmasdan chet ellarda O‘zbekiston fuqarosining imom vazifasida ishlashi qoidaga ziddir.

Rossiyada ishlayotgan o‘zbek imomlari bir vaqtning o‘zida taqirbosh millatchilar va maxsus xizmatlar nishonida turishadi.

2010 yilda Tyumen viloyatining Noviy Urengoy shahridagi “Nur Islom” masjidi imomi namanganlik Isomuddin Akbarov otib o‘ldirilgan edi. Hozir bu masjidda marhumning o‘g‘li Muhammad imomlikka o‘tmoqda.

XS
SM
MD
LG