Линклар

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Braziliyada o‘tayotgan Jahon chempionatida o‘zining to‘rtinchi o‘yiniga tayinlandi.

Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi 5 iyul kuni chorak final bosqichidan o‘rin olgan Gollandiya–Kosta-Rika uchrashuvini boshqaradi.

O‘zbekistonlik referiga qanotlarda uning hamyurti Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov yordam berishadi.

Eslatamiz, bungacha Ermatov JCh-2014 guruh bosqichlarida Shveytsariya-Ekvador (1-tur), Xorvatiya-Meksika (3-tur) va AQSh-Germaniya (3-tur) o‘yinlarini boshqargandi.

Mazkur o‘yin so‘nggi ikki Jahon chempionatida Ravshan Ermatov boshqaruvidagi jami 9-uchrashuvdir. Bungacha hali hech bir hakamga mundialning final bosqichlarida 9ta o‘yinni boshqarish nasib qilmagan.

Ermatov 2010 yili Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatining ochilish o'yiniga hakamlik qilib, ushbu chempionatda jami 5ta o'yinni boshqargan edi.

O'shanda o'zbekistonlik futbol hakami bir Jahon chempionatida 5ta o'yinni boshqargan uchinchi hakam bo'lgandi.

Ravshan Ermatov Osiyo Futbol konfederatsiyasi tomonidan to‘rt marta “yilning eng yaxshi hakami” deb elon qilingan yagona hakamdir.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG