Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:00

Rossiyadan O‘zbekistonga jo‘natilayotgan pul miqdori kamaydi


2014 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 910 million dollar pul o‘tkazilgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,73 foizga kamdir. Bu haqda UzDaily nashri Rossiya Markaziy banki ma‘lumotlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, joriy yilning dastlabki choragida yuborilayotgan o‘rtacha pul cho‘g‘i ham ozayib, 492 AQSh dollarini tashkil qilgan. Vaholanki, 2013 yilning bu davrida mazkur summa 513 dollarni tashkil qilgan. Bu esa yuborilayotgan o‘rtacha summa 4,1 foizga qisqarganini anglatadi.

Ayni paytda O‘zbekistondan Rossiyaga o‘tkazilayotgan pul hajmi oshgani aytilmoqda. Agar 2013 yilning birinchi choragida Rossiyaga 127 million AQSh dollari yuborilgan bo‘lsa, bu yilnig dastlabki choragida bu summa 137 million dollarni tashkil qildi. Bu esa O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan pul hajmi 7,87 foizga oshganini bildiradi.

Biroq, Rossiya Markaziy banki ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga kelayotgan mablag‘larning o‘rtacha summasi ham kamaygan. Deylik, o‘tgan yili bitta bank operatsiyasi uchun o‘rtacha summa 1816 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil bu ko‘rsatkich 1750 dollarga teng bo‘lib turibdi.

Rossiya MB bu pul o‘tkazmalari Anelik, BLIZKO, Coinstar Money Transfer, Contact, InterExpress, Migom, MoneyGram, PrivatMoney, UNIStream, Western Union, AziyaEkspress, ALLYuR, Blits, Bistraya Pochta, Zolotaya Korona, LIDER va Rossiya pochtasi orqali amalga oshirilganini qayd etgan.

XS
SM
MD
LG