Линклар

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics shirkati O‘zbekistonda shu yilni ikkinchi yarmidan televizor ishlab chiqarmoqchi.

Bu haqda O‘zbekistonda chiqadigan “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnali shirkat rasmiylariga tayanib xabar qildi.

Samsung Electronics buning uchun O‘zbekistonga qancha sarmoya kiritishi ma‘lum emas.

2011 yilda shirkat Toshkentdagi Zenith Electronics qo‘shma korxonasida Samsung kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarishni boshlagandi.

Mazkur korxonada yiliga 25 ming dona kir yuvish mashinasi chiqarilmoqda.

Samsung Electronics shirkati, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi Samsung Nukus qo‘shma korxonasida White Machine Technology shirkati bilan birga elektron changyutgichlarni ham ishlab chiqarmoqda.

XS
SM
MD
LG